«AMERIKA OVOZI” O’ZBEK XIZMATI XODIMLARINING BIRDAMLIK XALQ DEMOKRATIK HARAKATIGA MUNOSABATI HAQIDA

Xurmatli janob Eric PHILLIPS!

Biz, “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati Hay’at a’zolari: harakat raisi Bahodir Choriyev, rais  o‘rinbosarlari Abdufattoh Mannapov va Botir Norboevlar siz bilan 16 may, 2014 yil AMERIKA OVOZIning  binosida uchrashgan edik.

Uchrashuvda biz “Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmati jurnalistlarini  tarafkashlikda, jurnalistik etikaga rioya qilmaslik ortidan noxolislik, biryoqlamalikka berilayotganlikda va ularni o‘zbek rejimiga xizmat qilishda aybladik.

Biz 2014 yilning 25 may kuni  WWW.birdamlik.info  saytimizda e’lon qilgan   “UMID ENG KEYIN SO‘NADI”

http://www.wdscode.guru/birdamlik/blog/2014/05/25/умид-энг-кейин-сўнади/

maqolamizda ham AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmatidagi ba’zi bir kamchiliklarni asoslab o‘tgan edik. Sizga va keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilayotgan ushbu murojaatimizda mazkur maqoladagi ma’lumotlarni kengroq tarzda yoritishni niyat qildik.

***

Achinarlisi shundaki, keyingi diktatorlik rejimi davrlarida O‘zbekiston xalqiga xolis va ishonchli axborot yetib bormayotir. Aholi xolis axborot oqimidan uzib qo‘yilgan. Fuqarolarni haqiqiy hayot aks etgan xabarlar taqchilligi qiynamoqda. Ustiga-ustak, O‘zbekiston aholisini muxolifatning yetakchi tashkilotlaridan biri bo‘lgan “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati haqida xolis va ishonchli axborot bilan ta’minlash borasida ayrim horijiy OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIning o‘zbek xizmatlari xodimlari tomonidan sun’iy to‘siqlar qo‘yilmoqda.

Afsuski, xorijiy radiolarning o‘zbek xizmati tizimida biryoqlamalik, tarafkashlik, noxolislik kabi illatlar uzoq yillardan buyon hukmronlik qilib kelmoqda. Go’yo bu dargohlarga Karimov rejimining hojatbarorlari in qo’yib olgandek.

Bu holning naqadar ildiz otgani quyidagi misollarda ham ko’rinadi.

2006 yilning mart oyida men, Bahodir Choriyev “Ozodlik” radiosining o‘zbek xizmatidagi tarafkashlik, muxolifatga nisbatan ayirmachilikni, senzurani zudlik bilan to‘xtatishlarini talab qilib o‘zim, rafiqam va 4 farzandim bilan 1 xafta Vashington shahridagi, AMERIKA OVOZI binosidan atigi bir blok uzoqlikda joylashgan  Kapitoliyning oldida ochlik namoyishini uyushtirdim. Qarang:

Vashington DS (Vashington Kolumbiya rayoni) ga yo‘l

http://www.wdscode.guru/birdamlik/blog/2006/03/20/вашингтон-дс-га-йўл/

Ochlik namoyishida

 “…Biz Kongress oldiga borib, talablarimiz yozilgan qog’ozlarimizni mashinamizni har tomoniga yopishtirdik. Oldiniga bir politsiyachi mototsiklida kelib, bu yerdan jo‘nab ketishimizni talab qildi, aks holda “Tiket” ($20 jarima)ga tortishini aytib ogohlantirdi va u jarima soldi, so‘ngra yordamga boshqalarni chaqirdi.

Ular meni nima maqsadda kelganimni bildilar. Hujjatlarim bilan tanishdilar. Tezda bolalar nazorati bo‘limidan ham mutaxassislar kelishdi va bolalarim ahvoli bilan tanishdilar. Biz bolalarimizga ochlik boshlashga ruxsat bermagandik. Bolalar bo‘yicha inspektor bolalarimizdan nima ovqatlar yeganlarini batafsil so‘rab oldilar.

Inspektor biz ochlikni tugatguncha bolalarimizni bepul mehmonxonaga joylashtirmoqchi bo‘ldi. Biz unamadik va bir do‘stimiz bolalarimizni kechasi uyiga olib borib yotqizayotganligi va har kuni ertalab olib kelayotganligi uchun u kishidan biz ketguncha bolalarimizga g’amxo‘rlik qilishni so‘radik va u kishi bajonidil rozi bo‘ldilar.

14 mart kuni “Amerika Ovozi” radiosining o‘zbek bo‘limi boshlig’i Javdat Sayxon kelib biz bilan tanishdi, mashinada yozilgan talablarni o‘qib qayoqqadir birdan g’oyib bo‘ldi. 16 mart kuni Kongressda ishimizni tugatib, “Amerika Ovozi” radiosi va radiolar rahbariyati – BBG (The Broadcasting Board of Governors)-Radio-televidenie davlat komitetiti tashkiloti oldida ochlikni davom ettirdik. Janob Javdat Sayxon bizni oldimizga chiqib soat o’nlarda kelib intervyu olishini aytdilar.

Soat taxminan 11-00 larda Janob Sayxon bugun-erta bizdan 5 minutlik intervyu olishga vaqt topolmasligini, kelasi hafta ham iloji bo‘lmasligini aytdilar. Shu birinchi ma’lumotdan ham o‘zbekning qo‘liga tushib qolgan demokratiyaning ahvolini tasavvur etish mumkin!  Ularning biz xolismiz, biz yaxshimi-yomonmi xabarni beramiz degan gaplariga ishonish qiyin?….”

Haftaning seshanba kuni bizning ahvolimizdan xabar olgani kelib, bizdan intervyu olaman degan AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati rahbari negadir dom-daraksiz ketdi. Vaholanki, u namoyish joyiga kelganida mening oilam politsiya va bolalar nazorati xodimlari bilan qattiq tortishayotgan edi.

 487211_10151395769245050_663748524_n

Ushbu Amerika Ovozi jurnalisti Navbahor Imamovaning Amerika Ovozi radisoining tomida tushgan rasmidan ko’rinib turibdiki, ular biz piket o’tqazgan maydonni tomdan ko’zatib turishgan.

485941_10151395771930050_1555705532_n

Begona bir yurtdan siyosiy boshpana olgan bir o‘zbek oilasining muhim ijtimoiy muammoni hal qilish maqsadida, qolaversa, o‘zi istiqomat qilayotgan shahardan 1500 km masofa yo‘l bosib, poytaxt Vashingtonga kelib namoyish o‘tkazishi  jurnalist uchun qaynoq xabar, dolzarb voqelik edi.  Bu xil voqealar AQSHda kun aro sodir bo‘layotgani yo’q. Vashingtonda biror bir o‘zbek oilasi aynan biz ko‘targan dolzarb masala yuzasidan namoyish o‘tkazmagan.

Qarang: http://www.fergananews.com/news.php?id=12676&mode=snews ,

http://www.fergananews.com/news.php?id=12684&mode=snews ,

http://www.fergananews.com/news.php?id=12695 ,

http://www.fergananews.com/news.php?id=12719 .

Bu namoyishlarda ham Amerika ovozi jurnalstlari bizning 5 kunlik davom etgan ochlik aktsiyamizga yaqin kelishmadi. Faqat telefonda bog’lanishib, telefon orqali interviyu olishdilar xolos.

Aslini olib qaraganda, biz, Choriyevlar oilasining aynan horijda faoliyat olib borayotgan “Ozodlik” radiosining o‘zbek xizmati xodimlari faoliyatiga tanqidiy ko‘z bilan qarashimiz va ularning noxolisligiga qarshi namoyish o‘tkazishimiz ular uchun kutilmagan voqelik, ekskliyuziv xabar bo‘lishi lozim edi. Mabodo, o‘zbek xizmati jurnalistlarining o‘rnida rus yoki boshqa millat vakillarining OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI xodimlari bo‘lganida edi,  voqelikka xolisona baho bergan holda vaziyatni yoritgan va xalq ommasini namoyish haqidagi xabarlar bilan tanishtirgan bo‘lardi.

O‘zbek xizmati xodimlari voqelikning mazmun-mohiyatini ochib berish va matbuotga olib chiqish o‘rniga, nima uchundir (balki ular “Ozodlik”dagi, Asosan Erk lideri Muhammad Solihni dastaklaydigan kollegalari Ozodlikchilarni ranjitmaslik uchundir?) o‘zlarini panaga oldilar. Bizning xorijiy radiolar bilan bo‘lgan ilk to‘qnashuvimiz ana shunday yakun topdi.

 Afsuski, biz tomonimizdan AQSHda tashkillashtirilgan 15 dan ortiq piket va qator norozilik tadbirlarning  birortasiga AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati ko‘rinish bermadi, bizning maqsad-muddaomizni  xalqqa yetkazishga hafsala qilmadi. To‘g’ri, ayrim hollarda, (yaqin bo‘lishlariga qaramasdan, voqea joyiga yetib kelmasdan), telefon orqali intervy olgan paytlari oz bo’lsada bor, ammo bu intervyular ham birtomonlama bo‘ldi.

O‘tgan 2013 yilning 27 iyun kuni Sent Luis shahridan 7 ta trak, bir avtobus, 1 yengil mashina hamda Harakatning 40 dan ortiq faollari bilan 1500 km masofa bosib Vashingtonga yetib keldik. Vashingtondagi o‘zbek elchixonasining oldida turib, yo‘lni to‘sib qo’ydik. Bir zumda atrofimizni yuzlab politsiya xodimlari, televideniya vakillari, mahalliy jurnalistlar qurshab olishdi.

Bizning Sent Luisdan Vashingtonga uyushtirgan tadbirimiz haqida turli saytlarda keng yoritildi.  Ammo Amerika ovozining o‘zbek xizmati xodimlari jim qolishdi. Shu kuni men bilan birga yana bir ayol  faolimizni qamoqqa olishdi. Bizning katta traklarimiz tortib olib ketildi. Barcha haydovchilar katta miqdorlarda jarimaga tortildi.  Faollarimiz O‘zbekiston elchoxonasining oldida 2 soatlik piket uyushtishdi. Ob-havo juda yaxshi edi, yomg’ir ham yog’mayotgandi.

Meni qamoqqa olib ketishgach, piket yakuni arafasida yomg’ir yog’di.  Lekin, biror bir jurnalistni yomg’ir uchun bizning piketimizni tashlab ketganini ko‘rmadik.

Biz, mashinamizni jarima maydonidan olib, Sent Luisga, uyga qarab qaytdik. Ertasiga AMERIKA OVOZIning jurnalisti Navbahor Imamova men(ya’ni, Bahodir Choriev)ga qo‘ngi’oroq qilib intervyu berishimni so‘radi. Men undan voqea joyiga kelmaganining sababini so‘raganimda: “Uzr bormoqchi edik, yomg’ir yog’ib qoldi. Shu sababli borolmadik” deb javob berdi. So‘ng mendan intervyu olgan bo‘ldi.

Bahodir Choriyev: Otam O’zbekiston diktatori qo’lida garovda

http://www.amerikaovozi.com/content/choriyev-birdamlik-uzbekistan/1691560.html

AMERIKA OVOZI OZBEK xizmatining bu kabi boqibeg’amligi, jamiyatda kechayotgan qaynoq jarayonlarga befarqligini nima deb, atash mumkin? Qani bu yerda holislik? Bu kabi sovuqqonlik o‘zbek rejimiga xizmat qilishning ochiq-oydin ifodasi emasmi? Dunyo jurnalistlari o‘q yomg’irlari ostida, jonlarini xatarga qo‘yib bo‘lsa-da o‘z xizmat burchlarini mardonavor ado etiyotgan ayni bir paytda “Amerika ovozi”ning o‘zbek xizmati vakillari arzimagan yomg’irdan qochib o‘tirishi nimani anglatadi? Yog’magan yomg’irni ro‘kach qilish insofdanmi? Vashingitonda in qurib olgan  AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmatidagi “jurnalist” niqobidagi kimsalar atigi 5 km masofaga kelishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi. Bu holatni qanday baholash mumkin? Shundan keyin ham ularni jurnalist, demokratik dunyo tarafdorlari deb bolarmikin?

Biz, “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati 2013 yilning 26 avgust kuni O‘zbekistonda uch bosqichli ma’naviy ma’nodagi inqilob boshlaganimizni e’lon qildik.  Afsuski, “Amerika ovozi” radiosi o‘zbek xizmati xodimlari  bizdan to‘g’ridan-to‘g’ri intervyu olish o‘rniga,  “Ozodlik”dagi hamkasblar kabi, bu haqda O‘zbekiston aholisini kerakli ma’lumot, xabar, axborotlar bilan ta’minlamadilar,  aksincha, fuqarolarning  ongini chalg’itishga urinishdi. Yana misollar keltiramiz.

 Mustaqillik bayrami oldidan «Birdamlik» xalqni tinch kurashga undamoqda

 Amerika Ovozi

28.08.2013 19:30

O’zbekistonda istiqlolning 22 yilligi tantana qilinar ekan, xorijdagi muxolifat, xususan AQSHda asoslangan «Birdamlik» harakati odamlarni Islom Karimov tuzumiga qarshi chiqishga chaqirmoqda.

Aytish joiz, shu yilning iyun oyida bu harakat lideri Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyev jinsiy zo’ravonlikda ayblanib, Qashqadaryo viloyatida qamoqqa olingan edi. Sud uni besh yil va ikki oyga ozodlikdan mahrum etgan.

Choriyevlar oilasi O’zbekiston hukumatini tuhmatda, «Birdamlik» faoliyati uchun alamni otadan olayotganlikda ayblab tanqid qiladi.

 Yaqinda Matluba Abdurahmonova, jabrlanuvchi, «YouTube»da e’lon qilingan videoda Hasan Choriyevni bir marotaba emas, bir yil davomida uzluksiz tajovuzda ayblab chiqdi.

Choriyevlarning tarafdorlari, mahalliy faollar, nazarida bu Milliy Xavfsizlik Xizmati tomonidan sahnalashtirilgan tomosha.

«Birdamlik» harakati rahbari Bahodir Choriyev 26-avgust kuni internetda bayonot berdi. Uning aytishicha, ‘Birdamlik» demokratik va xalq harakati bo’lib, tinch va nozo’ravon kurash orqali «O’zbekistonni zolim diktator Islom Karimov changalidan ozod qilish uchun» 10 yildan buyon rejalangan uch qismdan iborat Rangli Inqilobni amalga oshirishga kirishgan.

O’zbekistonni 2005-yilda tark etgan Choriyevlar Missuri shtatida kun kechiradi. O’z transport biznesiga ega. Iyul oyi oxirida ulardan biri, Baxtiyor Choriyev xotinini azoblaganlikda ayblanib, politsiya tomonidan olib ketilgan. Bu borada O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga xabar berilgan. Keyinroq esa Baxtiyor Choriyevning rafiqasi u bilan yarashgan, er-xotinga sud maxsus oilaviy kurslardan o’tishni buyurgan

Iyul oyi boshida oila Vashingtonda O’zbekiston elchixonasi va AQSH Davlat departamenti binosi oldida namoyishlar qilgan edi. Choriyevlar Islom Karimovni diktaturada ayblab, Amerika hukumatini u bilan hamkorlikni cheklashga va O’zbekistonda demokratik kuchlarni quvvatlashga chaqirib keladi.

Bahodir Choriyev, Birdamlik lideri bilan suhbat (Navbahor Imamova, Amerika Ovozi, 29-iyun 2013.Mp3)

http://www.amerikaovozi.com/content/uzbekistan-opposition-abroad-birdamlik/1738654.html

Yuqoridagi eshittirish jiddiy tahlilga muhtoj. Biz yaqinlarimizning, faollarimizning hayotini xavf ostiga qo‘yib siyosiy kurash olib boryapmiz. Va maqsadimiz yo‘lida o‘ta muhim Bayonot berdik. AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati jurnalistlari bizning Bayonot mazmuniga jiddiy ahamiyat qaratish, “Birdamlik” lideriga, faollariga minbar berish o‘rniga, tuhmat bilan qamalgan otam Hasan Chorievga oid buyurtma “jinoiy ish” mohiyatini ochish o’rniga nega Abdurahmonovaning zo‘rma-zo‘raki ‘chiqishi’ga eshittirishda ko’proq e’tibor qaratadi? Axir, gap tuhmatdan qamalgan otam haqida emas, biz bergan Bayonotda edi-ku? Ha, Harakat Bayonoti matnida  O‘zbekistonda rangli inqilobni amalga oshirish haqida gap  borgan va otam Hasan Choriev xususida hatto birorta ham jumla yo‘q-ku!

“Amerika ovozi”ning mazkur xabarini diqqat bilan chuqurroq tahlil qilish jarayonida yana bir noholislikka, “Birdamlik” XDHni  obro‘sizlantirishga qaratilgan jumlalar atay kiritilganligiga ham guvoh bo‘lamiz.

“O’zbekistonni 2005-yilda tark etgan Choriyevlar Missuri shtatida kun kechiradi. O’z transport biznesiga ega. Iyul oyi oxirida ulardan biri, Baxtiyor Choriyev xotinini azoblaganlikda ayblanib, politsiya tomonidan olib ketilgan. Bu borada O’zbekistonning Vashingtondagi elchixonasiga xabar berilgan. Keyinroq esa Baxtiyor Choriyevning rafiqasi u bilan yarashgan, er-xotinga sud maxsus oilaviy kurslardan o’tishni buyurgan.”

Shaxsiy hayotni Inqilob haqidagi Bayonotga nima dahli bor? Nega endi  AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati Harakat Bayonoti bilan bog’liq jiddiy siyosiy mavzuga aslida bo‘lmagan, jinsiy zo‘rlash bilan bog’liq buyurtma “jinoiy ishi”ni, hamda ukam Baxtiyor Chorievning oilaviy mojoralarini tiqishtiradi? “Birdamlik” tashkilotchisi va rahbari menman, otam Hasan Choriev va yo ukam Baxtiyor Choriev emas. “Amerika ovozi” radiosining o‘zbek xizmati tahririyati jurnalistlarini meni va “Birdamlik” harakatining antireklamasiga qaratilgan ushbu eshittirishlari orqali Bayonot mag’zini elga yetkazmoqchi emaslar! Aksincha, go‘yo,  mening “palagim toza emasligiga” ishorat qilish orqali, xalq oldida “Birdamlik” yetakchisini mulzam qilishni asosiy maqsad qilib qo‘yishgan.

Yanayam qizig’i, mazkur eshitirishdan mendan bir oylarcha ilgari otamning qamalib qolishi bilan bog’liq muammo yuzasidan olingan intervyu o‘rin olgan. Bu paytda Harakat Bayonoti e’lon ham qilinmagandi. Shu holatdan ham ko‘rinib turibdiki,  AMERIKA OVOZIdagilarga O‘zbekiston ichida kechayotgan siyosiy jarayonlar va ularni xalqqa yetkazish muhim emas, aksincha, meni va “Birdamlik”ni el oldida mulzam qilish, obrusizlantirish muhimroq.

Nahotki Bayonot haqida mendan qaynoq suhbat olishning hecham imkoni bo‘lmagan?  Bu kabi savollarning javobi bitta: “Amerika ovozi” radiosiga in qurib olgan ayrim jurnalistlar Karimovning dastyorlari sifatida diktator rejimiga qarshi qaratilgan har qanday bayonot va qarshi fikrlarni haspo‘shlash maqsadida O‘zbekistondagi siyosiy muxolif kuchlardan biri  bo‘lgan “Birdamlik” Halq Demokratik Harakatini obro‘sizlantirish, uning ustidan kulish orqali mamlakat aholisining fikrini chalg’itishga zo‘r berishmoqda.

Keyingi eshittirishga e’tibor qaratamiz:

Muxolifatsiz jamiyatda qanday inqilob?

 Toshkent bozorida

Malik Mansur

20.09.2013 02:18

O’zbekistonda inqilob ehtimoli haqida mulohazalar (Malik Mansur).

O’zbekistonda siyosiy islohotlar qanchalik sust bo’lmasin, chet eldan turib faoliyat olib borayotgan mustaqil partiya va tashkilotlar faollari bir kun kelib Markaziy Osiyoda ham erkinlik shabadasi esishiga umid bor deydi.

O’zbekistonda rangli inqilob ehtimoli bor-yo’qligi ayrim internet sahifalarida qizg’in muhokama etilmoqda. Xulosa shuki, mamlakatda inqilobni yuzaga chiqaruvchi vaziyat ham, inqilobni boshqarishi mumkin bo’lgan jiddiy siyosiy kuch ham yo’q.

“Fergananews.com” nashri uyushtirgan muhokamalarning aksariyatida inqilobga nisbatan ehtiyoj mavjudligi, ammo muxolifat zaif bo’lgan bir sharoitda bu o’zbeklar uchun hali uzoq kutiladigan, erishish gumon bo’lgan umid ekanligi haqida xulosaga kelinadi.

“Birdamlik” harakatining samarasiz urinishi haqiqatda bu xulosalarni tasdiqlagandek. Rangli inqilobda ishtirok moliyaviy rag’batlantirilishi haqidagi va’daga qaramasdan bunga urinish harakati sezilmadi.

Bu xulosalardan qat’i nazar, o’zbek muxolifati vakillari umidini yo’qotmagan. Muxolifat hukumat qonuniy yo’l bilan ketishiga ham, siyosiy kurashda qatnashish imkoniyati bo’lishiga ham ishonmaydi.

Muxolifatdagi “Erk”partiyasi vakili, Mardikorlar kasaba uyushmasi tashkiloti tashabbuschilaridan biri Nuriddin Jumaniyozov O’zbekistondagi vaziyatni bevosita kuzatib borayotgan faollardan biri. U yuqorida tilga olingan muhokamalardan xabardor va O’zbekistonda inqilobiy o’zgarishlar ehtimoli o’sayotganini ta’kidlaydi.

Men xalq orasida ko’p yuraman, joriy hukumatni tanqid qilaman va shunga qarab odamlarga baho beraman. Avvallari odamlar bilan suhbatda hukumatni tanqid qila boshlasam, 5-6 odamdan hech bo’lmaganda 3 tasi qochib qolardi. Hozir esa 6 odam ichida shunday suhbat qilsam, yettinchisi qo’shiladi, lekin hech kim qochmaydi. Aksincha, o’z noroziligini izhor qiladi. Shundan kelib chiqib aytamanki, xalq hukumatning kimligini tushundi, qo’rquv hissi bir pog’ona tushgan, inqilob hissi bir pog’ona ko’tarilgan. Inqilob imkoniyati bor, qachonligini esa aniq aytish qiyin”, – deydi Nuriddin Jumaniyozov.

Uning fikricha, “Birdamlik” O’zbekistonda rejalagan inqilobning natijasizligi ko’proq harakat usuli bilan bog’liq bo’lishi mumkin, ammo mamlakatda o’zgarishlar boshlangan taqdirda mas’uliyatni zimmaga oluvchi yetakchilar topiladi.

“Men Choriyevni tushunmayman, uning o’zi biladi. U ham bugun muxolifatni o’ziga yarasha liderlaridan, unga omad tilayman. Lekin harakatni tanishtirish uchun palov tashkil qilib, xalqni yig’ish kabi tadbirlarni biz ham avval qilganmiz. Bulardan samara kam. Birdan bir samara xalqning o’zida, xalqning ko’nglida ishtiyoq, intilish bo’lishi kerak. Shundagina inqilob bo’ladi. Bu narsaga esa asosan matbuot orqali, ma’rifat orqali erishiladi”, – deydi Jumaniyozov.

Revolyutsiya ehtimoli haqidagi muhokamalarda mehnat muhojirlari roliga alohida ahamiyat qaratiladi. Millionlarni tashkil etuvchi bu insonlar bu jarayonda asosiy kuch bo’lishi mumkin.

O’zbek muxolifati vakillaridan, Rossiyada ro’yxatdan o’tgan “Taraqqiyot” partiyasi rahbari Abdujabbor Ismoilov Rossiyada yashayotgan va ishchi migrantlar kayfiyatini yaqindan kuzatadi. Unga ko’ra, ular zehniyatidagi o’zgarishlar faollik uyg’onayotganidan darak beradi.

“Mehnat muhojirlari ilgari bahorda kelib kuzda qaytib ketishardi. Hozir esa ularda O’zbekistonning ertasi yo’qligiga aniq ishonch bor. Shuning uchun bu yerga oilalarini va yaqinlarini olib kelib, hayot, sharoit, ta’lim qanday ekanligini ko’rsatishga urinishaypti. Ular bu yerda ta’lim olamiz, o’rganamiz, keyin O’zbekistonga qaytib nimadir qilamiz degan niyatda”, – deydi Abdujabbor Ismoilov.

Uning fikriga ko’ra, O’zbekistonda inqilob bo’lishi qiyin, asosiy sabab o’zbek muxolifatining zaifligida. Bu “Birdamlik” o’tkazgan tajriba misolida ham ko’ringan.

“Biz “Birdamlik” aksiyasni yomon demoqchi emasmiz, ularni ham o’ziga yarasha programmasi bordir. Lekin qilayotgan ishi tashqaridan qaraganda piar aksiyaga o’xshaydi, ularni tarafdorlari yo’q. Rangli inqilob qilamiz deydiganlarni O’zbekistonda ozgina bo’lsa ham tarafdorlari bo’lishi kerak. Ular esa barmoq bilan sanarli, asosan oila a’zolari, yaqin qarindoshlaridan iborat. Bu bilan hech narsa qilib bo’lmaydi. Umuman, asosiy sabab muxolifat ishlamayotganligida. Hozir aholidagi qo’rquv masalasi ham birinchi o’rinda emas. Aynan muxolifatning O’zbekistonda ishlamayotganligi. Masalan biz Rossiyada, kimdir Yevropada, kimdir AQSHda, bu O’zbekistonda muxolifat ishlayapti degani emas. Biz ham o’zimizni ishlayapti deb hisoblamaymiz, faqat O’zbekistonda ishlashimiz kerak. Shundagina muxolifat faoliyati haqida gap borishi mumkin”, – deydi Ismoilov.

http://www.amerikaovozi.com/content/uzbekistan-revolution/1753198.html

Avvalom bor AMERIKA OVOZIning jurnalisti Malik Mansur o’z maqolasi uchun tanlab olgan rasmiga nazar soling. Toshkentdagi eng qimmatga sazovor Oloy bozoridagi savdo rastasi. Odatda Karimov televideniyasi va matvuotida bozorlar to’kin-chochinlikni bo’rttirib ko’rsatuvchi, ja’miyatda sokinlik va tinchlik hukmron deya insonlarni aldash uchun ushbu rasmlar matbuotga beriladi. Nega Malik Mansur O’zbekistondagi Mardikor bozori, ayollarning va bolalarning ayanchli ahvolini tasvirlovchi rasmni ushbu maqolaga qo’ymadi? Ularning Karimov rejimidagi matbuotidan qanday farqi bor?

Bu erda Birdamlik xalq demokratik harakatining rahbariyati yoki harakatning a’zolaridan olingan interviyu ham yoq.  Bu erda ismi keltirilgan Abdujabbor Ismoilovning jurnalsitlaringiz hatto aniq familiyasini bilsihmaydi. Uning Birdamlik saflarida bo’lganligi, bizning safimizdan qo’vilganini AMERIKA OVOZIning oz’bek xizmati jurnalistlari juda yaxshi bilishadi.

Ular Abdujabbor “Ismoilov”dan intervyu olishgan. Qanday qilib bizning safimizdan quvilgan kishi biz haqimizda xolis interviyu beraoladi?

Abdujabbor Ismoilovning asl ismi-sharifi rasmiy hujjatlarida Chorievdir. Ismoilovni esa, u o‘ylab topgan. Abdujabborning o‘z familiyasini “o’zgartirishi”ning o’z tarixi bor. Bu, Abdujabborning O‘zbekistonda sodir etgan firibgarlik jinoyati bilan bog’liq.

Bu masalani qo‘ya turaylik, Abdujabbor Choriev yaqin-yaqinlargacha “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati safida edi. Moliyaviy qing’irligi ortidan Harakatdan quvilgan. Bundan “Amerika ovozi”dagi matbuot xodimlari yaxshigina xabardor… Endi ayting-chi, tashkilotdan badarg’a etilgan inson “Birdamlik”  borasida xolis fikr bildirishi mumkinmi?

(Qarang:

https://www.youtube.com/watch?v=nJTYm1fJDPQ&index=28&list=PL17AC2C8BBF1107B9

 https://www.youtube.com/watch?v=seaCHYWGVgw ) .

Mazkur biryoqlama va noxolis eshittirish ishtirokchilaridan yana biri “Erk”  partiyasi a’zosi Nuriddin Jumaniyozov. Ayni damda O‘zbekkiston huquq-tartibod idoralari tomonidan odam savdosida ayblanib, qamalgan. Biz Nuriddinning qamalgani qay darajada asosli bo‘lganini bilmaymiz va qamalmasligi tarafdori  edik. Nuriddin Jumaniyozov bir paytlar Toshkentdagi uyimizda bir necha oy yashagan va qonuniy (davlatga beriladigan) kvartplatani ham to‘lamasdan ketib qolgandi.

Endi, ayting-chi, shunday bir sharoitda Nuriddin Jumaniyozovdan men va yo “Birdamlik” xususida xolis bir fikr kutish mumkinmi?  Shu ma’noda  mazkur eshittirishga Nuriddin aka ham noto‘g’ri tanlangan va ularning ham intervyulari biryoqlama bo‘lgan.

Qolaversa, Nuriddin Jumaniyozov bir qadam bo‘lishiga qaramasdan, garchi Toshkentda bo‘lsalar-da, o‘zga bir muxolif tashkilot faoli sifatida bo’lsa-da, bizning “Osh” (ommaviy shikoyat) tadbirlarimizga hatto kuzatuvchi sifatida ham kelib, ishtirok etgan emas. Shunday ekan, Nuriddin Jumaniyozov “Birdamlik”ning “OSh” ommaviy tadbirlari xususida yetarlicha axborot va tasavvurga ega deb ayta olishimiz mumkinmi?

Biror bir mavzu va yo tadbir xususida intervyu olishga chog’langan jurnalist suhbatdoshining tanlangan mavzu borasidagi tasavvur doirasini tekshirish maqsadida eng avvalo “mazkur yig’inda bir bor bo‘lganmisiz?” deya so‘rashi kerakmi, yo‘qmi? Tabiiyki, Nuriddin Jumaniyozov amalga oshirgan va oshirajak “OSh” tadbirlarimiz xususida hech bir tasavvurga ega emas. “Amerika ovozi” radiosi jurnalisti ana shu haqiqatni anglagan holda Harakat tomonidan tashkillashtirilgan tadbirni yo‘qqa chiqarish va kamsitish maqsadida, masalaga bir tomonlama yondashgan. Harakatning “Osh” tadbirlari va inqilob haqida ikkinchi tomonning fikri deya bizdan intervyu olishlari ham mumkinmidi!? “Amerika ovozi” jurnalistlari menga va yo “Birdamlik” faollariga mikrofon tutishga namuncha cho‘chishmasa?

Yuqoridagi keltirgan vajlarga asoslanib, radiodagi bir tomonlama intervyu olingan mazkur eshittirish ham  bizni va Harakatimizni obro‘sizlantirish maqsadida tayyorlangan deb hisoblaymiz. Ajabo, nozo‘rovon kurashni targ’ib qilishdan qochgan bu jurnalistlar zo‘rovonlarning kurashiga yo‘l ochish umidida emasmikin?!

Biz 2014 yilning 14 aprelida AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati rahbari Javdat Sayxonga ushbu mazmunda xat yuborgan edik:

 logokatta

1813 Peach street, Sant Peters , MO 63376 ,  USA . WWW.birdamlik.info, WWW.mulkdor.com  e-mail birdamlik@gmail.com ,     birdamlikusa@yahoo.com, phone +13146002889;   fax +16364471013

Birdamlik Harakati                       Birdamlik Movement                      Движение Бирдамлик

 

N 26/2014                                                                               14  Aprel, 2014

AMYERIKA OVOZI RADIOSI O‘ZBYEK

XIZMATINING MUDIRI, TANIQLI 

JURNALIST  JANOB  JAVDAT SAYXONGA

MUHTARAM JANOB JAVDAT SAYXON! 

O‘zbekiston  “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati o‘n yil davomida yurtimizda hukumronlik qilayotgan mustabid tuzumga qarshi nozo‘ravon fuqaroviy faollik amaliyotini qo‘llab kurashib kelmoqda.

Shu 2014 yilning 26 -27 aprelida, AQSHning Missuri shtati, Sent Luis shaharida Harakatimizning Quriltoyini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Biz Amerika Ovozi radiosi O‘zbek xizmatining mamlakatimizda demokratiya, inson ozodligi va huquqlari, qonun ustuvorligi joriy bo‘lishi va korruptsiyaga, bolalar mehnatidan ommaviy foydalanishga chek qo‘yilishi borasidagi maqolalar, xabarlar va suhbatlarni efirga uzatishi, internetda chop etishi  faoliyatini doimo olqishlab, qo‘llab kelamiz.

Biz Amerika Ovozi radiosi O‘zbek xizmatining yurtimiz ichidagi, uning atrofidagi va o‘zbek demokratik muholifati haqidagi vazmin, muvozanatli va tarafkashlikdan holi materiallar efirga chiqarishi va chop etishi tarafdorlaridanmiz.

Shuning uchun Quriltoyga Siz yoki boshqa radio muxbiri tashrif buyursa, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani, aniqlagani bilan“Amerika Ovozi” muxlislarini tanishtirsa oqil ish bo‘lar edi.

Qurultoyda Siz yoki boshqa radio muxbiri ishtirok etishiga umid qilamiz.

Sizga ehtirom ila

Bahodir Choriev,

O‘zbekiston  “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakatining yetakchisi

Telefon: 1-314-600-2889

E-mail manzil: birdamlik@gmail.com

Shu o‘rinda men AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati rahbari Javdat Sayxon bilan elektron manzil orqali bo‘lib o‘tgan maktub shaklidagi “muloqot”ni keltiraman:

Cevdet Seyhan <cseyhan@AMERIKA OVOZInews.com> to me

 Assalamu alaykum,

 Sizdan iltimos,

rejalangan quriltoy borasida qo’simcha malumot bo’lsa bizni xabardor qilsangiz.

Kim qatnashadi, qayerda o’tkazilmaqchi hakoza.

Xudo xohlasa, tadbirdan oldin yoki tadbir o’tkazilgan kun sizlar bilan bog’lanib quriltoyni yoritishga harakat qilamiz.

Salomatlik tilab,

C.Seyhan

cseyhan@AMERIKA OVOZI.gov

202-382 5066

www.amerikaovozi.org  

From: Birdamlik Movement [mailto:birdamlik@gmail.com] 
Sent: Monday, April 14, 2014 11:29 AM
To: Cevdet Seyhan; AMERIKA OVOZIUzbek Service
Subject: 

 E-mail manzil: birdamlik@gmail.com

 Assalomu alaykum,

Qurultoy ushbu 660 Maryville Centre Dr, St Louis, MO 63141 bo‘lib o‘tadi. Biz uchun konferentsiya xonasi ajratilgan.

Qurultoyimiz 26 aprel 2014 yil soat ertalab 9-00 da boshlanib, kech soat 18-00 gacha davom etadi va Qurultoy birinchi kunini yakunlaydi.

Ikkinchi kuni 27aprel 2014 yil soat ertalab 9-00da boshlanib soat 11-00 gacha davom etishi ko‘zda tutilgan va shu bilan Qurultoyimiz o‘z ishini yakunlaydi.

11-15 da Matbuot anjumanini o‘tkazish rejalashtirilgan. Matbuot xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mazkur matbuot anjumanida batafsil va aniq javob oladilar degan umiddamiz.

Tushki soat 14-00 dan kech soat 18 00 gacha  “Birdamlik”  Xalq  Demokratik  Harakati o‘zining 10 yil davomida bosib  o‘tgan  yo‘li, tarixi  haqida   ko‘rgazma  o‘tkazishni  rejalagan.

Shu bilan Qurultoyimiz o‘z ishiga yakun yasaydi.

Bugungi kunda bizning Qurultoyimizga kelishni rejalagan, uchoqdan joy sotib olib, mehmonxonaga yotoq joy buyurtma bergan quyidagi davlatlardan jurnalstlar bor:

Germaniyadan 1 kishi, Qozog’istondan 1 kishi, Rossiyadan 1 kishi, Turkiyadan 1 kishi va AQSHning Kaliforniya shtatidan 1 kishi .

Shuni ochiq yozishim kerakki, biz Qurultoy oldi, Qurultoy kunlari va Qurultoydan keyin tashkiliy va boshqa ishlar bilan band bo‘lganligimiz sababli sizning savollaringizga javob berishni imkoniyati bo‘lmaydi. Shu sababli biz Matbuot konferentsiyasi o‘tkazishga ajratgan xonada  bo‘lsangiz, albatta sizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz degan umiddaman. Nazarimda, sizlarning Qurultoyga kelish istaklaringiz yo‘qqa o‘xshaydi. Nachora, biz Qurultoyga kelgan va butunlay kelishga imkoni bo‘lmagan jurnalstlar bilan Matbuot Konferentsiyasini o‘tkazaveramiz.

Xurmat bilan,

Bahodir Choriev

2014-04-18 11:10 GMT-05:00 Cevdet Seyhan <cseyhan@AMERIKA OVOZInews.com>:

Yana bir qiziq holat: 2014 yil, 25 aprelida biz umuman bexabar bo‘lgan ushbu maqola AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati radiosi va saytida berildi.

(Bobur Malikov: Muxolifat targ’ibotni kuchaytirishi kerak

 O’zbek muxolifati namoyish qilmoqda. Odil Ruzaliev.25.04.2014 19:20)

26-27aprel kunlari AQSHning Sent-Luis shahrida “Birdamlik” harakatining qurultoyi bo’lib o’tadi.

“Birdamlik” harakati o’zini nozo’ravon kurash tarafdori deb biladi va shu yo’l bilan O’zbekistondagi siyosatni o’zgartirishni maqsad qilgan. Ammo O’zbekistonning AQSHdagi ilk elchisi Bobur Malikov nazarida Hindistonda Maxatma Gandining xorijiy bosqinchiga qarshi qo’llagan kurash usuli, ta’limoti Karimov rejimini ag’darishda ish bermaydi.

«Gandi bu harakatni mustamlakachi Britaniyaga qarshi ishlatgan. Maqsad joriy hukumatni ag’darish emas edi. Gandi butun xalqni ko’tarish uchun bir yil emas, ikki yil emas, 25-30 yil vaqt sarfladi».

O’zbekistonda adliya vaziri lavozimida ishlab, so’ng Amerikada elchi bo’lgan Bobur Malikov 20 yildan beri AQSHda yashaydi. U o’zbek muxolifatiga ko’p yordami tekkan inson, “Ozod dehqonlar” partiyasiga asos solishda muhim rol o’ynagan. Bugun sobiq diplomat siyosiy jarayonlarni asosan kuzatib, tahlil qiladi.

Bobur Malikovning aytishicha, o’zbek muxolifati Sovet davridan keyin ulg’aygan avlod bilan ishni to’g’ri yo’lga sola bilishi kerak.

«Eng asosiy narsa bu targ’ibot. Hukumat mustaqillikdan keyingi 23 yil davrida yoshlarning miyasini tozalab, yuvib chiqdi. Hozirgi yoshlar oldingi hayotni bilmaydi, oldingi holatni bilmaydi. O’tmish eng xunuk, qora ranglarda ko’rsatildi. Muxolifat hukumatning hozirgi siyosati kelajakda natija bermasligini tushuntirishi kerak. Rossiya-Ukraina ixtilofini olaylik. U tomon ham, bu tomon ham targ’ibotni ishlatyapti».

Sobiq o’zbek elchisi muxolifatning bugungi kuni haqida

Sobiq elchining aytishicha, muxolifat muvaffaqiyatga erishishi uchun mamlakat ichkarisida ish olib borishi lozim. Ayni damda “Birlik” xalq harakatining rahbari Abdurahim Po’latov Vashingtonda, “Birdamlik” harakati faollari AQSHning Missuri shtatida, Muhammad Solih yetakchiligidagi O’zbekiston xalq harakati Yevropadan turib, faoliyat yuritadi.

«Muxolifat O’zbekistonda faol ish olib borishi, atrofiga odamlarni to’plashi, holatni tushuntirishi kerak. «O’zbekistonda o’rtacha maosh 200 dollar atrofida bo’lsa, bunga yashab bo’ladimi? Qozog’istonda o’rtacha maosh 700 dollar ekan. Nega qozoqlar bizdan uch-uch yarim baravar boy yashaydi? Nega shunday bo’ldi? Qanday qilib mana shu 200 dollarlik holatga tushib qoldik? Tushib qolmadik, boshidan shunday bo’ldi. Bunga nima sabab bo’ldi?» deb tushuntirish kerak. Iqtisodda, siyosatda ahvolni ko’rsatish lozim».

Bobur Malikovning aytishicha, muxolifat asosan ijodiy ziyolilardan iborat bo’lib, so’nggi 23 yilda o’z safiga sobiq rasmiylar va malakali mutaxassislarni jalb eta olmadi.

“Bir vaqtlar muxolifat yozuvchilar, shoirlardan tashkil bo’lgan edi. Ular o’zbek xalqiga o’zbek tilining qadrini tushuntirib berdi, ammo atrofiga iqtisodchi, siyosatchi, yuristlarni to’plamagan. Ular hozir boshi berk ko’chaga kirib qolganday bo’lyapti. O’zbekistondan chiqib ketganimdan so’ng yana besh kishi chetga chiqishi mumkin edi. Ubaydulla Abdurazzoqov, Bo’ri Allamurodov shular jumlasidan. Ular xorijda tashkilot tashkil qilib, ish olib boradi deb o’ylaganimda, gap shundaki, ularning shaxsiy mulki ustuvorlik qildi. Shaxsiy mulkidan kecha olmadi va O’zbekistonda qolib ketdi. Oqibatda hamma narsani yo’qotishdi, siyosiy sahnadan ham chiqib ketishdi».

AQSH hukumati o’zbek muxolifatini ilk yillarda yaqindan dastaklagan, ammo so’nggi paytlarda hamkorlik yo’q. Buning sababi nimada, deb so’raymiz sobiq elchidan.

Vobur Malikov, O’zbekistonning AQSHdagi birinchi elchisi va oilasi. 1990-yillarning boshi. O’sha paytdagi AQSH prezidenti Bill Klinton bilan birga

«Amerika juda faol yordam bergan. Ammo kimga ular yordam berdi? Grant beruvchi tashkilotlarda o’tirganlar kimni tanladi? Palonchi ko’zga ko’rindimi, yugurib, unga grant berdi. Hozir tekshirsangiz, bu grantlarning qayerga ketgani ma’lum. Cho’ntaklariga urib, hech narsa qilishmadi».

Bobur Malikov yaqin bir-bir yarim yilda O’zbekiston siyosatida kutilayotgan o’zgarishlarga ham o’z munosabatini bildirdi.

“Prezident saylovlaridan umidim katta. Hozir O’zbekistonda g’alati voqealar bo’layapti. Odamlar «yillar o’tyapti, yosh o’tyapti, hech qanday natija yo’q, bu odam O’zbekistonning badaniga kanadek osilib olgan, undan qutulmasak bo’lmaydi» degan xulosaga kelgan bo’lishi ham kerak. Gulnoraning boshini ustida bo’layotgan g’alvalarni ko’ring. Buning orqasida albatta bir gap bor».

http://www.amerikaovozi.com/content/uzbek-opposition/1900628.html

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki Babur Malikov yetakchi yurist, mutaxasis. Ammo u rangli inqiloblarni qanday amalga oshirish haqida yetarlicha bilimga ega emas. U kishi gapiryapti: “Birdamlik” Harakati o‘zini nozo‘ravon kurash tarafdori deb biladi va shu yo‘l bilan O‘zbekistondagi siyosatni o‘zgartirishni maqsad qilgan. Ammo O‘zbekistonning AQSHdagi ilk elchisi Bobur Malikov nazarida Hindistonda Maxatma Gandining xorijiy bosqinchiga qarshi qo‘llagan kurash usuli, ta’limoti Karimov rejimini ag’darishda ish bermaydi.

«Gandi bu harakatni mustamlakachi Britaniyaga qarshi ishlatgan. Maqsad joriy hukumatni ag’darish emas edi. Gandi butun xalqni ko‘tarish uchun bir yil emas, ikki yil emas, 25-30 yil vaqt sarfladi»

Har qanday zo‘ravonlik tuzumlariga qarshi tarixda ko‘plab nozo‘ravon kurashlar bo‘lib o‘tgan va ular g’alabaqozongan. Misol uchun Gruziya, Ukraina, Yugoslaviya,  AQSH va hokazolar.

Bu maqolada AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati jurnalisti Odil Ruzaliev  masalaga bir tomonlama yondoshib, qarshi fikr,  bizning raxbariyatga yoki menga bu masalada yuzlanmadi. Mazkur eshittirish radio efirida va saytda bir yoqlamalik asosida uzatildi. Buni ortidan bizning kurashimizga foyda emas, aslida, juda katta ziyon yetdi. Ushbu maqolani eshitgan va o‘qigan insonlar, albatta, Bobur Malikov haq degan fikrga kelishlari ehtimoli ham yo‘q emas. Mabodo jurnalist bizning fikrimizni ham olib, fikrlar rangbarangligiga e’tibor qaratilganida, masala mohiyatining pallasi teng qo‘yilganida, mavzu xolisona yoritilganda, bizdan ham mavzuga oid fikr so‘ralganda  edi, radio muxlislarining har tomonlama va kengroq mushohada yuritishlari uchun imkoniyat yaratilan, aholi nozo‘ravon kurash usulining avzalliklari haqida xolis va haqiqiy axborotdan bahramand bo‘lgan bo‘lardi.

Qolaversa, Bobur Malikov bizning  Qurultoyimizning mehmoni edi, xolos. Nega radio jurnalistlar ayni Qurultoy delegatlari, tashkilotchilariga emas, mehmondan intervyu olishni avzal bilganlar. Bu nima, ayrimachilikmi, biryoqlamalikmi, harholda, holis niyatdagi holat emas.

Qolaversa, “Amerika ovozi” jurnalistlarlaridan loaqal bir vakil  Qurultoyda qatnashishlari, Matbuot anjumanimizda o‘z savollari bilan ishtirok etishlari lozim emasmidi?

E’tiboringizni keyingi maqola tahliliga qaratamiz:

«Birdamlik» qurultoyda, faollar fikricha esa muxolifat zaif va tarqoq

O’zbekiston “Birdamlik” xalq demokratik harakati AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida birinchi qurultoyini o’tkazmoqda.

Bahodir Choriyev, «Birdamlik» xalq demokratik harakati rahbari nozo’ravon kurash tarafdori ekanini aytadi

Malik Mansur, Amerika Ovozi

26.04.2014 21:19

O’zbekiston “Birdamlik” xalq demokratik harakati bugun AQSHning Missuri shtati Sent-Luis shahrida birinchi qurultoyini o’tkazmoqda. O’zbekistondan vakillar kelmagan, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan faollar, chunki mamlakatdan chiqish qiyin.

O’zbek muxolifati tobora tarqoq va zaif, deydi faollar/Malik Mansur

Harakatning bildirishicha, bugun va ertangi tadbirda maxsus hay’at va kotibiyat saylanadi, shuningdek, vakolatlar belgilanadi hamda tashkilotning ichki tizimlarini shakllantirish to’g’risida gap ketadi, masalan moliya-iqtisod va nazorat-taftish bo’limlari.

“Birdamlik” rahbari Bahodir Choriyev nozo’ravon kurash xususida ma’ruza qilib, yig’ilganlar u olg’a surgan dasturni ko’rib chiqmoqda. Foto va video ko’rgazma ham tashkil etilgan. Qurultoyga amerikalik ekspertlardan Sara Kendzior (Sarah Kendzior) ham tashrif buyurub, o’z tahlili bilan o’rtoqlashgan.

«Nozo’ravon fuqaroviy kurash bayrog’i o’n yildirki baland ko’tarilgan»,- deydi Choriyev harakat saytida nashr etilgan savol-javobda.

“Birdamlik” shuni bildiradiki, harakatning O’zbekistondagi faollari qurultoyni Toshkentda yig’ilib, kuzatish imkoniyatidan ham mahrum qilingan.

Qurultoyda qatnashayotgan Bobur Malikov, O’zbekistonning AQSHdagi ilk elchisi bo’lgan arbob nazarida oppozitsiya tashviqotni kuchaytirishi lozim.

«Serquyosh O’zbekistonim» koalitsiyasi rahbari, Tennessi shtatida yashaydigan Sanjar Umarov esa demokratik jamiyatlarda yashayotgan vatandoshlar imkoniyatlarni ishga solishga undaydi.

Birmuncha avval muxolifatdagi “Erk” partiyasi ham Toshkentda rejalagan qurultoyini o’tkazishga muvaffaq bo’lmagan edi.

O’zbekiston muxolifati faoliyatiga doir so’nggi qurultoyni ikki yillar muqaddam O’zbekiston Xalq Harakati Pragada o’tkazgan.

Mamlakat ichkarisida keskin ta’qibda bo’lgan o’zbek muxolifati o’z faoliyatini asosan xorijdan turib amalga oshiradi. 

Ammo faollar o’zbek muxolifati tashqi imkoniyatlardan ham samarali foydalana olmayotgani, jamoatchilikda oppozitsiya degan tushuncha yo’qolib borayotganini aytishadi.

Huquq himoyachisi Tolib Yoqubov:

“Hozir O’zbekiston muxolifati degan tushuncha o’chib borayapti. Ularning qo’lidan hech ish kelayotgani yo’q. “Birlik” partiyasi ruschasiga aytganda razval bo’ldi. Partiya liderining safdoshlari ham shu fikrda. “Erk” partiyasi ham shu “Birlik” qatorida biron faoliyati kuzatilmaydi, uning O’zbekiston ichkarisidagi faollarini qamab tashladi. O’zbekiston Xalq Harakati tashkiloti bor, Muhammad Solih tashqarida tuzgan. Bu harakatni ham qo’shilgan tashkilotlarning deyarli hammasi tark etdi”.

“Birdamlik” nisbatan yosh muxolif tashkilotlardan. Qurultoy natijalari uning imkoniyatlarini ko’rsatadi, ammo tashkilot bayonotlari ba’zan haqiqatdan yiroq, deydi Tolib Yoqubov.  

“Bu tashkilot O’zbekistonda u bu ishlarni amalga oshirishga intilayapti. Endi qurultoy natijlarini kutamiz, qani qanday qarorlar qabul qilishadi. Ammo Bahodir Choriyev birmuncha avval O’zbekistonda inqilob boshladik deb xabar tarqatgan edi, ya’ni boshlamoqchimiz emas, aynan boshladik deb e’lon qildi. Hatto qisqa muddatlardan keyin hokimiyatni qo’lga olamiz degan gaplargacha bordi. Lekin voqealar “Birdamlik” ning bu gapi amalga oshmaganini ko’rsatdi”. 

O’zbekistonda muxolif partiyalar mustaqillik yillarida shakllana boshlagan. 1990-yillar boshida “Erk” partiyasi rasman ro’yxatga olindi, partiya yetakchisi Muhammad Solih dastlabki prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ham qatnashdi.

Ammo keyinchalik muxolifatga nisbatan keskin tazyiqlar boshlandi, partiyalar faoliyati taqiqlandi va quvg’inga solindi.

Bugungi kunda o’zbek muxolifati o’z faoliyatini asosan tashqaridan yuritayotgan bo’lsa-da, tazyiqlardan xoli emas.

Son’ggi yillarda chet eldagi muxolifat vakillariga nisbatan uyushtirilgan suiqasdlar ularning siyosiy faoliyati bilan bog’liq ko’riladi.

Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyev o’tgan yili yozda yosh juvonga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanib qamalgan edi.

Bir necha oy o’tib, amnistiya natijasida u ozodlikka chiqdi. Ko’p o’tmay vafot etdi.

Choriyevlar O’zbekiston hukumatini «Birdamlik» uchun keksa odamdan alamini olganlikda ayblaydi.

 St. Louis aeroprtida

«Birdamlik» yetakchisi Bahodir Choriyev va harakat a’zolari – Abdufattoh Mannopov, Botir Norboyev hamda Bobur Hasan – Sent-Luis aeroportida olingan surat

http://www.amerikaovozi.com/content/uzbek-opposition-birdamlik/1901897.html

Bu maqolada ham yana Qurultoyimizning mehmoni Babur Malikov, qurultoyga hatto mehmon bo’lib ham qatnashmagan Tolib Yoqubovlardan AMERIKA OVOZIning o’zbek xizmati interviyu olishini qanday tushunish mumkin? Axir bu ko’r-ko’rona jurnalistik kasbga, faoliyatga xiyonatku? Nahotki AMERIKA OVOZIning o’zbek xizmati jurnalistlari maqola va eshittirishlarda balans degan tushunchani bilishmasa. Mayli ular bizga qarshi fikrini berishibdi, nega bizning rahbariyat va faollardan qarshi fikr olinmadi. Ularning maqsadi bizni sharmanda qilish, obro’yimizni yo’q qilish emasmi? Biz bilgan ko’plab davlatlarda jurnalistlar o’z ishlarini sidqidildan bajarmoqdalar, buning ortidan fuqarolik ja’miyatlari, muxolifat tashkilotlari hursand bo’lishmoqda. Bizda esa aksicha, AMERIKA OVOZIning o’zbek xizmati jurnalistlari O’zbekistondagi mavjud Diktatura rejimiga xizmat qilishmoqda. Ular  Demokratiyaga, o’zbek xalqiga hiyonat qilishmoqdalar.

AMERIKA OVOZIning o’zbek xizmatiga jiddiy demokratik o’zgarishlar kelishi uchun darhol Javdat Sayhon vazifasidan chetlshtirilishi, jurnalistlarning faoliyatlari nazoratdan o’tishi kerak.

Yuqoridagi maqolada ham AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati yana Qurultoyimizning mehmoni Bobur Malikov, qurultoyga hatto mehmon bo‘lib ham qatnashmagan Tolib Yoqubovlardan intervyu olishini qanday izohlash mumkin? Axir  ko‘ra-bila turib  jurnalistlik  kasbiga, faoliyatga xiyonat emasmi? Nahotki, AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati jurnalistlari maqola va eshittirishlarda balans degan tushunchani bilishmasa?

Mayli, ular bizga qarshi fikrini berishibdi, biroq nega endi bizning raxbariyat va faollardan ham fikrga qarshi fikr so‘rashni ko‘ngillarining ko‘chasiga ham keltirishmaydi?

Buning javobi juda oddiy: “Amerika ovozi” radiosiga in qurib olgan Karimov rejimining malaylari muxolif tashkilotlarni, xususan mamlakatda yetakchi kuch bo‘lgan “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati faollarini ruhan sindirish, Karimovga qarshi kuchni yo‘q yilish, Harakatimizni el oldida sharmanda qilib, obro‘imizni yer bilan bitta qilish ustida ish olib boradilar.

Biz bilgan rivojlangan demokratik davlatlarda jurnalistlar o‘z zimmalaridagi vazifani sharaf bilan ado etmoqdalar. Buning ortidan fuqarolik jamiyatlari, muxolifat tashkilotlari xursand bo‘lishmoqda. Bizda esa aksicha, AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmati jurnalistlari O‘zbekistondagi mavjud Diktatura rejimiga xizmat qilish ortidan ular Demokratiyaga, o‘zbek xalqiga xiyonat qilishmoqda.

AMERIKA OVOZIning o‘zbek xizmatida jiddiy demokratik o‘zgarishlar qilinishi shart va zarur deb hisoblaymiz.

Buning uchun eng avvalo o‘z lavozimini su’iste’mol qilayotgan  o‘zbek xizmati tahririyati rahbari Javdat Sayxon zudlik bilan vazifasidan chetlshtirilishi lozim.

Shuningdek, biz, “Birdamlik”chilar “Amerika ovozi”ning o‘zbek xizmatida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning chiqib kelishi, dunyoqarashi, ishga joylashish tarixi qayta qattiq taftish qilinishi (Amerika ovozining sobiq xodimi, Javdat Sayhonning otasi Sobir Sayhon BBSga Karimovning Andijon qirg’inidagi rolini oqlab intervyu bergani bejiz bolmasa kerak sobiq KGB xodimi Sobir Sayhonning o’zbek MXXsiga ishlashi haqida http://harakat.net/news/?id=12122 , u haqda maqolalar  O’zbekiston matbuotida tez-tez  berilib turibdi http://www.12uz.com/uz/news/show/compatriots/5756/ )  va har bir xodimning eshittirishi, faoliyati jiddiy, ma’naviy-siyosiy nazoratga olinishi tarafdorimiz.

Hurmat bilan “Birdamlik” Xalq Demokratik Harakati a’zolari. Nomidan Bahodir ChORIYEV.

Xat oxirida Birdamlikning birinchi Qurultoyida (2014 yil 27 aprelda) qabul qilingan qarorni e’tiborlaringizga havola qilaman.

OZODLIK, BBS VA AMYERIKA OVOZI XALQARO RADIOSTANSIYALARINING RAHBARLARIGA!

Sizlarga ma’lumki, joriy yilning 26-27 may kunlari Amerikaning  Sent Luis shahrida Birdamlik Xalq Demokratik harakatining Ta’sis Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Biz bu haqda  OZODLIK, BBS VA AMYERIKA OVOZI XALQARO RADIOSTANЦIYALARINING  tahririyatlariga 10 kun oldin rasmiy xat yubordik va muxbirlaringiz bu anjumanda qatnashib xabar tarqatishlarini  o‘tindik!

Malumingizki, Birdamlik xalq  demokratik harakatining rahbariyati va a’zolari O‘zbekistondagi rejimga qarshi tinch, nozo‘rovon yo‘l bilan kurash olib bormoqdalar. O‘zbekistonning va dunyoning turli joylarida minglab a’zolarimiz va xayrihohlarimiz bor. O‘zbekistonda va Amerikaning turli joylarida ko‘plab tadbirlar, piketlar va tinch namoyishlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Nozo‘rovon kurashni targ’ib qilguvchi ko‘plab kitoblar va kinofilmlarni ingliz tilidan tarjima qildirib “Birdamlik info” va  “Mulkdor. Com” kabi saytlarimizda yoyinladik. Dunyoning turli joylarida yashayotgan muxolifatchilar, jurnalistlar, shoir va olimlarning O‘zbekiston rejimining avra-astarini ag’darguvchi maqolalarini, she’r va pomfletlarini nashr etdik va bu ishlarni-yanada izchilroq shaklda davom ettirmoqdamiz. Birdamlik xalq demokratik harakatining internet radio va televideniyasi baholi-qudrat ishlab turibdi.

Yuqorida aytilgan ta’sis qurultoyimizda  O‘zbekistonning  o‘zbek,  rus  va tojik millatiga  mansub taniqli kishilar, o‘zbek muxolifatida 25 yillardan beri faoliyat olib borgan  veteran kurashchilar, fan doktorlari, professor va asissentlar, ijodkorlar, turli kasb egalari qatnashdilar. Germaniyadan, Rossiyadan, Kanadadan jurnalistlar ishtirok etishdi.  O‘zbekistonning Amerikadagi birinchi (hozirda sobiq) elchisi, muxolifat namoyondasi Bobur Malikov anjumanga tashrif  buyurib nutq so‘zladi.

Ayrim partiya va harakatlar bunday anjumanlar o‘tkazganida uzoq joylardan bajonidil   uchib keladigan o‘zbekzabon radiolarning muxbirlari  (ayniqsa, ofislari shu mamalakatning o‘zida bo’lgan Amerika ovozi radiosi muxbirlari) 40 kishidan ortiq vakillar va o‘nlab mehmonlar  ishtirok etgan  bu Qurulttoy haqida haqqoniy xabar tarqatishni o‘zlariga ep ko‘rishmadi.

Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu radio muxbirlari o‘zbek muxolifatining faol qismlaridan biri bo‘lgan Birdamlik xalq harakatining Ta’sis qurultoyini fe’lan rad etish va voqe’likka panja orqasidan qarash yo‘liga o‘tib olishdi.

Buni biz deimokratik muxolifatga haqorat va jurnalistika etikasiga zid hol sifatida baholaymiz. Ular o’zlarini bunday tutishi o‘zbek demokratiyasiga, jabrdiyda o‘zbek xalqi hayotiga loqaydligi, tarafkashligi, demokratiyaga xiyonati, diktatorlik rejimiga  xizmat o‘rnida ko‘rinmoqda.

Sizlarga bo‘ysunuvchi bu radiostantsiya muxbirlari va rahbarlarining  biz aytayotgan ayblarini isbotlovchi o‘nlab dalillarimiz bor va Amerikadagi bosh ofisingizning rahbarlariga bularning bir qismini bayon etdik.

Shularni hisobga olib bu radiolarda ma’lum demokratik islohotlar o‘tkazilishini, loqaydlikka, o‘zibo‘larchilikka  va tarafkashlikka yo‘l qo‘ygan, O‘zbekiston bilan bog’liq  demokratik harakat va partiyalar faoliyatini yoritishda sobitqadamlik qilmagan xodimlaringizga chora ko‘rishlaringizni so‘raymiz.

BIRDAMLIK XALQ DEMOKRATIK HARAKATI RAISI

Bahodir Choriyev.

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares