Hayotim davomida hech qanday jinoyatga qöl urmaganman

         Kuni kecha «Birdamlik» Halq-demokratik harakati faollari öz vaqtida Oliy kengash deputati lavozimida ishlagan, sıyosıy faolıyati, töğrisözligi, teran fikrga eigaligi, mard va jasurligi, shijoatkor va öktamliligi tufayli 23 yılu 5 oy temir panjara ortida yashashga mahkum bölgan, haqgöylıgi bois tuhmatu böhtonlar qurboniga aylangan sobiq taniqli muholifat faoli Samandar Qöqonov bilan suhbatlashdik.

 

Samandar aka, maalum bölishicha, Siz Özbekiston Oliy kengashida özining teran fikrlari bilan alohida közga tashlangan sanoqli deputatlardan biri bölgan eikansiz. Ammo Sizning ochiq-oydin fikrlaringiz, prezident, hukumat oldida muammolarni pöyi-rost, baralla aytishingiz amaldagi prezidentga mutlaqo yoqmagan eikan. Bugun eil-yurt va sizni yaqindan tanigan maslakdoshlaringiz Sizning aynan shu hislatingiz, yaani haqgöyligingiz hamda siyosiy maydonda közga faol tashlanganingiz tufayli shahsan I. Karimov topshiriği bilan ozodlikdan mahrum bölganingizni alohida eitirof eitmoqda. Sir bölmasa aytingchi, öshanda marhum prezidentga qanday fikrlaringiz maaqul kelmagandi? Umuman, Siz bilan Karimov örtasida kelishmovchiliklar qay tariqa vujudga kelgandi?

 

— Yurtimız mustaqillıkka eirishgan dastlabki yillarda oramizda, jumladan, hukumat tepasidagilar ichida Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi ğoyalariga jon-jahdi bilan ruju qöyganlar, mazkur partiyadan voz kechishni mutlaqo hohlamaganlar yöq eimasdi. Shu bilan birga, kundan-kunga darz ketayotgan, ğoyalari sohtaligi oydinlashayotgan kompartiya safida qolishni istamaydiganlar va uning safidan chiqqanlar ham köp eidi. Afsuski, davlat rahbari İslom Karimov ham özini kommunistik partiyadan ayro holda tasavvur qila olmaydigan, partiyaning chirkin ğoyalariga sodiq hamda partiya aazolari uning tarkibidan chiqishiga tish-tirnoği bilan qarshi ashaddiy tarafkash bölgandi. Bu achchiq bölsa ham ochiq haqiqat…

1993-yilning bahorida mamlakat rahbari davlat idoralarıda ishlaydigan va öz hohishiga köra kompartiya safidan chiqqan yoki chiqish taraddudida yurgan 48 nafar kishini oldiga chaqirdi. Ular orasida men ham bor eidim. Öshanda men Özbekiston Respublikasi Oliy kengashi deputati hamda kenhash tarkibidagi aloqa va transport qömitasi aazosi va Chinoz neftni qayta ishlash korhonasi boshliği eidim. Asosiy masala bizni partiya safiga qaytarishga qaratildi. Rosti, prezidentning mana shu yopiq yiğinidan keyin partiyaga qaytganlar böldi. Yiğindan 4-5 kun ötgach prezident meni yana huzuriga chaqirdi. U bu safar mendan partiyaga qaytishga oid qanday qarorga kelganimni söradi. Men unga öz navbatida partiyaga qaytmaslikka doir qarorim qatiiyligini bildirdim. Karimovning jahli chiqdi, qattiq adashayotganimni, bu borada aksincha ish tutushim lozimligini, boshqalarga örnak bölishim kerakligini, agar gapiga kirsam unvonlar berishini aytib, fikrini ötkazishga harakat qildi. Ammo ötkaza olmadi. Men unga öz navbatıda «erga tufurgan tufugimni qayta yutmasligimni» bildirdim. U sökinishga ötdi, men ham misollar asosida javob qaytardim. Hullas, Karimovning kommunistik partiyaga sadoqatliligi, mening puch partiya safida qolishni istamaganim, partitaga va prezidentning ayrim fikrlariga qarshi ochiq-oydin tanqidiy munosabatlarim prezident bilan örtamizda keskinliklar kelib chiqishiga olib keldi.

 

         —Eishitishimizcha, sizni birinchi marta «davlat mulkini katta miqdorda talon-taroj qilgan», degan ayb bilan hibsga olgan eikan. Shu paytdagi özingizga qöyilgan ayblovlarni, undan keyingi sud hukmini qanday izohlaysiz? Bu nechoğli haqiqatga yaqin?

 

— Ha, shunday bölgan. Meni birinchi marta 1993-yilning 2-iyunida davlatga qarashli katta miqdordagi mol-mulkni talon-taroj qilgan, degan sohta ayb bilan hibsga olgan. Dastlab 1,5 yil davomida MHH ertölasida saqlagan. Söngra 20 yillik qamoqqa hukm qilgan. Özimga qöyilgan ayblovlarning, sud hukmining hammasi sohta eidi. Chunki men öz hayotim davomida hech qanday jinoyatga qöl urmaganman. Hatto sovet paytida menga nisbatan biron marta hayfsan eilon qilinmagan. Men rahbarlik qilgan davrda korhonaning 1 tiyin puli havoga sovurilmagan, biror narsaga behuda ishlatilmagan. Buni qamalganimdan keyin Bosh prokurorning «Qöqonovning jinoyat sodir eitganiga, bıror jinoyatga sherik bölganiga doir biror imzo topilganida uni bemalol otıshga hukm qilsak ham bölardi, ammo har qancha urunsak ham shunday podpıs topilmadi» degan eitiroflari hatto mengacha etib kelgan. Agar men partbiletimni topshirmaganimda, prezidentning töğri-notöğri har qanday fikrlarini bajonudil qöllab-quvvatlab turganimda Karimov mehnarlarimni munosib taqdirlashi, özi aytganidek, unvonlar bilan siylashi mumkin eidi. Ammo men hech kimga laganbardorlik qilmadim, har doim, har qanday vaziyatda töğri gapni ochiq-oydin aytib keldim.

 

         Samandar aka, jazoni ötayotgan vaqtingizda ikki marta «muassasa ichki tartibini buzgan», degan ayb bilan qamoq muddatingiz uzaytirildi. Haqiqatanan muassasa ichki tartibini buzgan eidingizmi?

 

         — Muassasa ichki tartibini buzganimga doir barcha iddaolarni meni ana shunday ayb bilan orqavarotdan ayblab, sud hukm chiqarib bölgandan keyin bilganman. Donishmandlardan biri shunday degan eidi: Sen vaziyatga, muhitga qanday qilib könikishing kerak? Birinchidan, peshanahgga yozilganidan qochib qutulolmaysan. Demak, taqdirga tan berishing kerak. İkkinchidan, garchi boshingga tushgan tashvish har qancha qiyin bölsa ham chidashing kerak. Uchinchidan, hayotda bundan ham badtar voqealar bölishi mumkinligini har doim yodda tutish joiz. Törtinchidan, eihtimol men bugun ozodlikka chiqarman, degan optimistik qarash bilan özingga özing dalda berishing lozim. Men bu gaplarni behudaga tilga olmayapman. Haqiqatanan inson hamma narsaga chidashi kerak. Har joyning öz tosh-tarozusi böladi. Ana shu muhitga könikishga majbursan. Men nohaq qamalganman, deb öz ishini qilayotgan muassasa hodimlari bilan öchakilashishning oqibati yomon bölishini har bir ongli inson yahshi biladi. Shuni teran anglab, men hech qachon hech kim bilan qasdlashmaganman. Chunki men kim tomonidan, kimning buyruğiga köra qamalganimni juda-juda yahshi bilardim. Buni muassasa hodimlari ham yahshi bilardi. Ammo, nailoj, ular öz ishini qilishi kerak! Shuning uchun doim atrofimdagi aybsiz odamlarga odilona munosabatda bölib kelganman. Qamoqhonada har hil jinoyat sodir eitib ozodlikdan mahrum qilingan mahbuslar bor. 23 yilu 5 oy qamoqda bölgan paytimda nafaqat jazoni ijro etish muassasasining masuul hodimlari bilan, hatto biron bir mahbus bılam ham san-mahga bormaganman. Har doim u hoh katta, hoh kichik bölsin ularga faqat siz deb murojaat qilganman. Men özimga «Senga birov ozor etkazishga yöl qöyma va özing ham birovga ozor etkazma», degan shiorni tanlagandim. Menga takror va takror qöyilgan ayblar tuhmat va böhton eikanini muassasadagi masuul hodimlar ham juda-juda yahshi bilishardi. Ammo nailoj?! Shunday bölsa-da, 2016-yil 6-oktyabr kuni tugashi kerak bölgan jazo muddatim tugamadi. Aksincha, 2016-yil 7-oktyabr kuni menga nisbatan yana takroran Navoiy biloyati Zarafshon shahar sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 221-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan qöshimcha 3 yil 5 kunga ozodlikdan mahrum qilish böyicha jazo tayinlandi. Hudoga shukur, 24-noyabr kuni tayinlangan jazo muddati bekor qilinishi tufayli Zarafshonagi 64/48 zonasidan ozodlikka chiqdim. Körib turganingizdek, farzandlarimu bir-biridan shirin nabiralar oğushidaman. Hamma narsaning ohiri bölganidek, menga nisbatan qilingan zulmu zöravonliklar, adolatsizliklar ham 23 yilu 5 oy deganda intihosiga etdi. Buning uchun Yaratganga beadad shukurlar aytaman.

 

         Mustaqil Özbekiston tarihida eing uzoq qamoqda qolgan siyosiy mahbus sifatida Özbekiston qamoqhonalaridagi ahvol haqida nimalar deya olasiz?

 

— Qamoqhonalardagi ahvol 2001-2002 yillargacha nihoyatda ayanchli eidi. Urush-janjal, tahqir, bir-biriga bosim ötkazish, muassasa hodımlari bilan mahbuslar örtasida röy berib turadigan janjallar odatiy holga aylangandi. Temir panjaralar ortida men kabi aybsiz aybdorlar yöqligini htch kim inkor eita olmaydi. Hozirgi kungacha siyosiy, diniy faoliyatları, eitiqodlari tufayli eing gullagan yoshlik davrlari, bilimu salohiyatini hayotga tadbiq eitadigan choğlari qamoqhonalarda ötayotganlar bor. Ularning tezroq oqlanishi tarafdoriman. Bugunga kelib ahvol sekin-sekin ijobiy tomonga özgardi. Ammo qamoqhona baribir öz nomi bilan qamoqhona. U joy mabodo farovonlik maskaniga aylanib qolgan taqdirda ham uni hech kimga ravo körmagan bölardim. Ozodlikka nima eitsin, ahir!

Copyright © 2018 Birdamlik.Info