Dilorom
Alpomishni sevaman, el deb yongan Alpomish
Barchin emas Kashalga or deb borgan Alpomish
Oybarchinni sevaman, zotin buzmas Oybarchin
Alp o’g’lonlar ko’rishga qodir xotin Oybarchin
Qaldirg’ochni sevaman, o’tday yongan Qaldirg’och
Taqdirning bor shartiga turib bergan Qaldirg’och
Boybikachni sevaman, fayz topmagan Boybikach
O’g’il tug’ib izzatga arzimagan Boybikach
Ultontozni sevaman, qimmati past Ultontoz
Hech vaqt nokas xotindan mard tug’ilmas Ultontoz
Xur baxshini sevaman dardga to’ymagan baxshi
O’zbekning yuragini yonib kuylagan baxshi
Man o’zbekni sevaman, ozini yoqqan o’zbek
So’ng o’z holiga mudom hayronlar boqqan oz’bek.
Alpomishni sevaman, Oybarchinni sevaman
Yodgorbekni sevaman, man o’zbekni sevaman.
(17/06/07 2-57)