Xorijdagi muxolif tashkilotlardan biri, “Birdamlik” harakati o’ziga xos norozilik aksiyasini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqan.
“Tashkilotning faollarga, aholiga murojaati chiqdi: rejimga qarshi noroziliklarini oq libos orqali ifoda etish. Bu aksiya 10 kun davom etadi. Shaxsan men oilam, farzandlarim bilan ertadan boshlab noroziligimizni shu tariqa bildirib, ko’chaga chiqishga harakat qilamiz”, – deydi harakatning O’zbekistondagi faoli Malohat Eshonqulova.
Uningcha, oddiy aholi orasida bayram kayfiyati sezilayapti deyish qiyin.
“Odamlar mustaqillik haqida o’ylagani ham yo’q. Tirikchilik bilan ovora. Nega? Nazarimda agar mustaqillik tom ma’noda aholiga farovonlik olib kelganda edi, odamlar bajonidil, ikki qo’llab nishonlagan bo’lardi. Hozir esa asosiy tashvish tirikchilik”, – deydi u.
Milliy bog’da, tantanalarda so’zlar ekan, Karimov mustaqillik yillarida aholi turmush darajasi keskin ko’tarilgan, mamlakatdagi har uch oiladan bittasida yengil mashina bor, avval bu ko’rsatkich har 10 oiladan bittasiga to’g’ri kelgan, dedi.
http://www.amerikaovozi.com/content/uzbekistan-independence-day/1499636.html



