“NIMA BO’LSA HAM PUL BO’LSIN-O, PUL BO’LSIN!!!”

Klara JO’RAYEVA

                   O’zbekistonlfgi DAN  xodimlarining  ishori  bu: “Nima buo’lsa  ham pul bulsin-o, pul  bo’lsin!!!”. Shu yilning  29 dekabr kuni qizim bilan Jizzaxga  bordik.  Kechki payt  yo’lga chiqishga  to’g’ri  keldi.  Rirakashlar  yonilg’i  qimatligidan yo’lkirani osmonga chiqarib olishgan. “Kishi boshiga falon so’m berasislar”,  deb oyoq tirab turib olishgan. E’tiroz bildirsangiz “Bunga  biz aybdor  emasmiz. Bir litr benzinning narxini  2500 (ikki ming besh yuz) so’m  qilib  qo’ygan hukumat gunohkor. Shu sabab ham past narx bizga to’g’ri kelmaydi”  deb nolishadi. Bu gaplarni eshitgan  kimdir qarg’andi,  kimdir so’kindi. Shu orada Toshkent-Samarqand yunalishidagi avtobus kelib to’xtadi. Uning  narxi odamlarga ma’qul keldi. Hamma o’zini avtobusga
urdi. Biz ham chiqdik. Ammo quvonchimiz uzoqqa cho’zilmadi.  Biz  o’tirgan  avtobus  soat 18.00 larda  Jizzax-Samarqand DAN  postiga  etib kelganida,  “GAI” xodimlari  ola tayoqlarini ko’tarib  qoloshdi. Naqd bir soat davomida DAN postida hech  bir  sababsiz  turib  qoldik. Uylariga shoshilayongan yo’lovchilar  bor-ku,  deyishmadi ham. “GAI” xodimlari ushlab  o’tirishdi.  Qarasak,  ular bizgacha  ham  anchagina  avtobuslarni  to’xtatishgan
ekan: Buxora, Karshi, Nukus avtobuslarining yo’lovchilari  haydovchilar bilan  janjalashardi.
 Oxiyri,  16 ta avtobus yig’ildi. Keyin bilsak, DAN xodivlari o’z  jig’ildonlarini  o’ylab yo’lovcnilarni  sovuqda soatlab  mahtal qilib,  haydovchilarni sargardon qilishayongan  ekan.                                             
            Yo’lga chiqqan  barcha yo’nalosh  avtobuslari  bir joyga  to’planib bo’lgach, har  bir haydovchidan 20 000 ( yigirma ming)  so’mdan yig’ib  olindi-da, DAN xodimlarida  in’om etildi. Biz o’tirgan  avtobus haydovchisi “Bularning  dardi pul ekan, oldinroq aytmaydimi muddaosini, shartta shiqarib bermaymanmi shu 20 000 ming so’mni?” deya norozi  to’g`illagancha  machinani  o’t oldirdi.
              DAN xodimlariga berilishi kerak  bo’lgan 20 000 co’m “sadaqa”ni deb, roppa-rosa bir coatu yigirma daqiqadan keyin –  soat  19.20 yo’limizda davom etdik.  20 mig so’mni  deb  60 kishi kancha azob chekdi  qora  sovukda. Pul o’lsin-a, pul  o’lsin…

 

                    Klara   JO’RAYEVA

“Birdamlik” Xalq Harakati Samarqand  viloyat  bo’limi  rahbari

 

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares