KASALXONAGA PULDAN TASHQARI O’TIN VA CHIROQ BILAN KELING

Klara JO’RAYEVA

          Samarkand viloyatida shahar va qishloqlarda qish mavsumi boshlangani hamono
svet va  gaz taqchilligi vujudga keladi. Shaxar va  qishloqlarda  ikki  kunlab,  hattoki, haftalab elektr  energiyasining  bo’lmasligi odatiy holga aylanib bo’lgan.  Viloyat hokimi esa televediniyaga chiqib olib “O’z kunlaringni o’zlaring ko’rlaring, men sanlarga arzon narxda, bir tonnasini 72.000 ( etmish ikki ming) so’mdan ko’mir tarqatganman!!!” deya lof urdi uyalmasdan. Uning gaplarini eshitgan xalq hayratdan yoqa ushladi. Chunki,  hokim janoblari og’iz  ko’pirtirib  aytgan o’sha “suv tekin” ko’mirni  na mahalla, na viloyat  aholisi ko’rgan emas, faqat viloyat va tuman rahbarlariga qarashli  do’konlarda o’sha arzon narxdagi ko’mirlarning kilosi 700 ( etti yuz) so’mdan  sotilayotganidan xabardor, xolos. Chunki,  qishning ayni qirovli kunlarida  sovuqdan mo’zlab  o’lmaslik ilinjida emay, ichmay, bolalarining rizqini qiyib, o’sha ko’mirni falon so’mga  sotib  olishga majbur  bo’lishmoqda.

Xonadonlarni qo’ya  turing, hatto  Jomboy tuman kasalxonasida ham kun  bo’yo elektr  bo’lmaydi. Natijada,  svet  yo’qligi i og’ir bemorlarning  nochor ahvolga solib qo’ymoqda.
 Jonboy tuman markazidan 7 klometr uzoqlikda yuqumli  kasalliklar shifoxonasi bor.  Bir necha yilrdirki,  u yerda na svet, na gaz bor. Mazkur shifoxonaga davolanish uchun yotuvchi bemorlar o’zlari bilan o’tin, ko’mir, chiroq olib borishlari  shart. Aks holda  bemorlar qabil qilinmaydi.  Sariq chaqasiz,  oylik  maoshsiz yashayotgan aholi nima kilsin? Halqni hech kim o’ylay  demaydi. Raxbarlar “Menga desa  o’lib ketmaysanlarmi” deb turgan bo’lsa.

    Klara   JO’RAYEVA

“Birdamlik” Xalq Harakati Samarqand  viloyat  bo’limi  rahbari

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares