Ta’lim krediti haqida

Birdamlik xalq harakatining matbuot markazi

O’zbekistonning 18 yilligi nishonlandi. Mustaqillik sharofati bilan kollej va akademik-litseylar qurilib, talab darajasida jihozlanib, farzandlarimiz ixtiyoriga topshirildi. Bu albatta biz uchun quvonchli hol.
Kollejni bitirgan farzandlarimizni ishga joylashtirishda jamiyatimiz ancha muammolarga duch kelmoqda. Jahon andozalariga mos keladigan Davlat Ta’lim Standartlarini ishlab chiqishda mehnat vazirligining roli sezilmagan. Shu sababli ham kollejni bitirganlar ish bilan ta’minlanmay qolib ketmoqda.
Kollej va akademik-litseylarni tugatgan farzandlarimiz oliy o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirishlari uchun bir qancha to’siq va muammolarga duch kelmoqdalar.
Respublikamizda “Ta’lim krediti” joriy etilganiga qaramay oliy o’quv yurtida shartnoma asosida o’qiydigan farzandlarimiz bu imkoniyatdan mahrum bo’lmoqdalar. Sababi, hozirda hech bir bank ta’lim krediti berishni o’z zimmasiga olmaydi. Chunki, oliy o’quv yurtini tugatgan bitiruvchilarni ishga joylashishi va kreditni qaytarishi banklar uchun muammo. Bu muammoni hal etishda mehnat vazirligi jonbozlik qilsa yaxshi bo’lardi. Agar shartnoma asosida o’qiydigan talabalarning reyting balini e’tiborga olgan holda Mehnat Vazirligi imkon darajasida ish bilan ta’minlasa, maqsadga muvofiq bo’lardi.

Qashqadaryo viloyati

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares