O’zbek- o’zbekdan havodagi to’lqinni qizg’anmoqda

 
 

 

 

Birdamlik harakatining, 18 a’zosi, 10- avgust kuni boshlangan, muddatsiz, «Ozodlik» radiosida senzura va tarafkashlikka qarshi, chodirli piket va ochlik naroziligi, bugun yana davom qildirildi. Piket davomida, Amerika Qo’shma Shtatlari polissiyasi kelib, o’rnatilgan chodir Amerika qonunlariga to’g’ri kelmasligi va uni zudlik bilan olib tashlash kerakligini aytib, bu haqdagi hujjatlarni ko’rsatdi. Ammo namoyish qatnashchilari, bu chodirning ichi ko’rinishi va faqat oftobdan to’sish uchun qurilganini tushuntirib, olib tashlamasliklarini aytdi. Shundan so’ng, polissiyachi Birdamlik liderini qamoqqa olmoqchi bo’lib, mashinada bir necha minut saqlab, qamoqqa olishini aytdi.

Birdamliklik lideri, «qamasang qamanglar, biz barbir ochlikni davom qildiramiz», degan keyin, polissiyachi boshlig’ini chaqirdi. Boshlig’i kelib, hammasini tushunib, polissiyachilar yana qaytib ketishdi.

«Ozodlik» radiosining bosh qarorgohi binosi oldida o’tkazilayotgan 18 kishilik, ochlik naroziligi va piketga, «ozodlik» radiosi raxbarlaridan biror kishi chiqmadi.

«Vashingtonda o’tkazilayotgan narozilik aksiyasi, ertadan Stokgolm va Praga shaharlarida ham davom qiladi. Toki talablarimiz bajarilmas ekan, biz ham piketni kuchaytiramiz.»- deydi piket qatnashchilari.

Piket bilan bir vaqtda ochlik ham elon qilingan.

Namoyish boshlanganiga 2 kun bo’lib, 2 kun davomida, Birdamlik harakatining eng keksa a’zosi, O’zbekistonning, qiynoqlar bilan nom chiqargan qamoqxonalarida bir necha marta bo’lgan, 73- yashar, Yodgor Turlibekovning ahvoli og’irlashdi. Yodgor Turlibekov butunlay holdan toyib, bugun kechga borib, o’rnidan o’zi turolmay qoldi. Namoyish ishtirokchilarning bir qanchasi Turlibekovga, ochlikni tezda to’xtatishini iltimos qildilar, ammo Yodgor Turlibekov ularning iltimoslarini inobatga olmasdan, ochlik naroziligini davom qildirayapdi.

» Men, shartlarimiz bajarilmas ekan, ochlikni hech qachon to’xtatmayman va bu yerdan ketmayman»,- deydi Yodgor Turlibekov.

Birdamlik.info
11.08.09
 

 

 

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares