Furqat
Aytar edi onam menga yoshligimda.
Shu so’zlarim unutmagin jonim bolam.
Yolg’on so’zin olib tashla lug’atingdan.
Boshing uzra qilich serkap tursalar ham.
Avvalam bor sotqin fellar ichra yurma.
Ular bilan o’tirmagin yotma turma.
Seni sotgan do’stingni ham sota ko’rma.
Peshonanga miltiq tirab so’rsalar ham.
Haqiqatni izla bolam toliqmayin.
Do’st tanlashda hushyor bo’lgin hovliqmagin.
Desang batfel kishilarga yo’liqmayin.
Mardlarni quv sendan yuzin bursalar ham.
Inson qocha olmas ekan gumrohlikdan.
Kabirayu ham Sabirayu gunohlikdan.
Hazar qilgin har lahza yolg’on guvohlikdan.
Eritilgan qo’rg’oshin bilan ursalar ham.
Haq yo’lingda to’siqla zamingla bir harsang.
Bolam bolam emasdursang ortga qaytsang.
Ko’zni yumgun men hotirjam haqni aytsang.
Suyagindan imoratlar qursalar ham.
Seni boqdim odamlarga ibrat bo’l deb.
Yaxshiga do’st yomonlarga nafrat bo’l deb.
Holid Ibn Valid kabi ummat bo’l deb.
Huzuringda munofiqlar yursalar ham.
Bolajonim bu yo’lda charchoq bilma.
Yig’lasang ham tahajjudda yig’la tinma.
O’z yo’lingni ravon ushla parvo qilma.
Karvoning ortidan tinmay quvsalar ham.
Shunda rozi bo’lgum bergan oq sutumdan.
Go’dak chog’ing chaynab bergan har yutimdan.
Bolam qaytar chog’ing manzil tobutimdan.
Kulib qo’ygin hayrat ili ko’rsalar ham.




