18-oktyabr, Qo’shma Shtatlarning Saynt Luis shahrida Birdamlik Harakati yetakchisi va faollari ishtirokida AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod Obama Barak uchrashuvi bo’lib o’tdi. So’zga chiqqan senator, prezidentlikka kelganidan so’ng amalga oshiradigan ishlari haqida uchrashuv qatnashchilariga so’zlab berdi.
Birdamlikchilar bilan suhbatda bo’lgan Barak Obama harakat ishlariga rivoj tiladi va kelgusida O’zbekistonga albatta tashrif buyurishini aytdi.
«Biz ham shu o’rinda demokrat kollegamizga prezident poygasida zafar tilaymiz va kelgusida O’zbekiston Respublikasi bilan yanada kengroq hamkorlikni kutib qolamiz» dedi Birdamlik Harakati lideri. Qo’shimcha qilib , hozirgi kundagi O’zbekiston muholifatiga barcha demokratik davlatlar bilan do’stona aloqada bo’lishi muhimligi aytib o’tdi.
O’sha kunning o’zida senator Obama Barak 100 mingga yaqin tarafdorlari oldida nutq so’zladi.
Ayniqsa bu safargi prezidentlik saylovlari kuchli bahs va debatlarga sabab bo’lyapti. Bunga bir sabab, AQShning joriy prezidenti Djordj Bush davridagi katta yutqazishlar bo’lsa, ikkinchi bir sabab Obama Barakning qora tanli prezidentlikka nomzod bo’lgani.
Amerika Qo’shma Shtatlari tarihida prezidentlikka nomzod qora tanli ilk bor eng katta muvaffaqiyatlar qo’lga kirityabdi va birinchi qora tanli prezident bo’lish ehtimoli katta.
Bu 100 ming kishilik ko’rsatqich Amerika Qo’shma Shtatlari prezident saylov oldi kampaniyalari orasida so’ngi 90 yil ichida end ko’p sonli rekordga aylandi.
Eslatib o’tamiz shu yilning 4 noyabr kuni Qo’shma Shtatlarda yakuniy prezident saylovi kuni.
Birdamlik.Info





