O’zbekistonda Mualliflik Huquqi

  O’zbekistonda mualliflik huquqi qay darajada himoyalangan? Bu masalani yoritishimiz hozirgi kunda O’zbekistonda juda dolzarbdir va muhimdir. Chunki yurtimizda ko’plab talantli va iqtidorli insonlar haligacha yaratgan yangiligini o’zining mualliflik haqqi davlat tomonidan himoyalanishi va kafolatlanishiga  ishonmaydilar.  Bundan tashqari davlat  shahsiy haq-huquqlarga ham da’vo qilish holatlari uchramoqda. Misol uchun mamlakat ilm-fan maskanlarida, insitut va akademiyalarda oddiy o’zbekistonlik ilm-fan arbobi biror yangilik topsa darhol uni g’oyasiga osha o’zi ishlab turgan jamoa yoki muassasa da’vogarlik qiladi. Bu albatta qilingan mehnat lazzati yoki yutug’i  muassasa hodimlari aro bo’linadi yoki «baquvvatroq» odam tomonidan o’zlashtiriladi.
  Agar siz ihtirochi bo’lganingizda nima qilgan bo’lar edingiz? Eng afzali, mualliflik huquqlari kuchli himoyaga ega biror  chet davlatiga chiqib ketgan bo’lardingiz albatta.
Va hozirgi kunda shu yo’lni tanlagan olim va fan arboblari soni ko’payib bormoqda.

Rossiya, AQSh, Evropa davlatlarida o’zbekistonliklar o’z yangi proyektlari va ihtirolari bilan o’sha mamlakatlarning yutuqlarini sonini oshirmoqdalar. Ularni hatti-harakatini hukumat jinoyat, Vatan hoinlari deya atasa, ularning o’zlari esa O’zbekistonni majburan tark etganlarini aytishadi.

  Ahir bunday «jinoyatlarni» oldini olish vaqti keldi. O’zbekistonda har birimiz bunyod etgan uyga o’zimiz egalik qilishimiz kerak.

 

Birdamlik.Info

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares