Birdamlik nega kuchaymoqda?

 

Образец Web-страницы

birdamlik.jpg

www.birdamlik.org/uz/O’zbekiston muholifati hamda muhojirlari orasida Birdamlik Harakati obro’-e’tibori o’sib bormoqda. Siyosiy sahnada nozo’ravon yo’lni tanlagan tashkilot bugungi kunda safdoshlari hamda do’stlari soni bo’yicha liderlik qilmoqda. Bunga sabab birinchisi, O’zbekistonni tark etgan minglab muhojirlar bo’lsa, ikkinchisi muholifat orasida kuchli tartibli va demokratik printsiplarga ega bo’lgan siyosiy-ijtimoiy tashkilotga ehtiyoj mavjudligidir.

Demokratik harakat vakillari bilan suhbatdan so’ng qilingan hulosamiz shu bo’ldiki, ular Birdamlik Harakatiga aynan demokratik ,ochiq tashkilot va nozo’ravon – tinch yo’lini tanlagan uchun birlashmoqdalar. Boshqa muholifiy tashkilotlardan farqli o’laroq bu tashkilot “harakat” maqomidaligi va har qanday siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalar a’zolari ham a’zo bo’lib o’z imkoniyatlarini birlashtirishlari mumkin.

Birdamlik Harakati siyosiy analitiklarni fikricha kelasi 4-5 yilda dunyo bo’ylab 2 milliondan ortiq a’zolarga ega bo’lgan kuchli siyosiy-ijtiomiy tashkilotga aylanadi.

Birdamlik Harakati shu kungacha chet davlatlaridan mablag’ olmagan va faqatgina o’zini a’zolari imkoniyatlari hamda mablag’lari hisobiga ish yuritmoqda. Bu esa Birdamlik Harakatining boshqa muhojirlikdagi siyosiy tashkilotlardan yana bir katta farqi.

Har qanday siyosiy tashkilotga qo’shilmoqchi bo’lgan inson avvalo uni amaliyotdagi harakatlari va natijalariga e’tibor qiladi. Va albatta, shu kungacha harakat tomonidan amalda ko’p ishlar qilindi.

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares