Ra’no Usmonova: Ahvollari juda ham og’ir. Qon bosimi oshgan. Buning ustiga, boshqa kasalliklari ham ko’p. Shunda ham bechora ruhini ko’tarib, 10 yil bo’lgan bo’lishiga qaramay, o’zini tutib yuribdi. Men borsam, u mening ruhimni ko’taradi. Men unimas, u meni qo’llab-quvvatlaydi.
Ozodlik: Qamoqda qiynashlar, azob berishlar yo’q ekanmi?
Ra’no Usmonova: Yo’q. Uni hurmat qilshyapti-yu, lekin o’zi qiynalyapti.
Ozodlik: Asosan nimadan qiynalyapti?
Ra’no Usmonova: Qamoqda o’tirishning o’zi bo’lmasa kerak. O’zini juda kamtarin tutganlariga ozgina qiynalib qolyapti, shekilli.
Ozodlik: Ra’no opa, ko’pchilik eslasa kerak, mustaqillikdan keyin O’zbekiston telekanallarida “Go’ngdan Oltin Olib, Boyishni Istaysizmi?” degan reklama berilar edi. Menimcha, bu Rustam aka tadbirkor sifatida boshlagan ishining birinchisi edi. Bir eslaysizmi, o’shanda nimalar qilgan edilar?
Ra’no Usmonova: U paytda o’zlarining puli ham yo’q edi. Lekin shu paytda Krasnoyarskdan (Rossiya) biogumus olib kelib, o’zlari katta mehnat qilib, shundan dorilar qilsa bo’ladi va yahshi pomidorlarni yetishtisa bo’ladi deb reklama qilib harakat qilgan edilar.
Ozodlik: Shundan keyin Rustam aka O’zbekistonda mashhur bo’lib ketdilar va birinchi hususiy bankka asos soldilar, to’g’rimi?
Ra’no Usmonova: Ha, o’shanda birinchi bankni o’zlari ochdilar.Ishlari yurishib, bankimiz rivojlanib ketgan edi.
Ozodlik: Bugungi kudan “Rustambank”ning taqdiri nima bo’ldi?
Ra’no Usmonova: “Rustambank”ni yopishgan, lekin uning orqasidan nima bo’ldi, deb hech kim tekshirmagan. Hozir “Rustambank”ka tegishli bo’lgan imoratlar buzilib ketgan.
Ozodlik: Qo’yilgan sarmoyalarni hammasi yo’q bo’lib ketdimi?
Ra’no Usmonova: Ha, yo’q bo’lib ketdi. Hech narsa qolmadi.
Ozodlik: Rustam aka shunga ham siqilsalar kerak. Bir yahshi niyatda boshlagan ishining ohiri shunday bo’lib tursa?
Ra’no Usmonova: Albatta, siqiladi. Lekin buni shahsan menga bildirmaydilar. Juda siqiladi deb bolalar aytadi. Shu narsa bo’lishi kerak edi, deb meni ko’p ruhan qo’llaydi.
Ozodlik: 10 yildan beri amnistiyaga tushurishmayaptimi?
Ra’no Usmonova: “ Davomini Birdamlik Forumida o’qing…


