
` Assalomu alaykum Gulnoraxon opa Karimova! Yahshimisiz, sog’liklaringiz yaxshimi? Ismim Behruz. Yunusobodda yashayman. Mani tanimasligingiz mumkin ammo Quvasoyda yashaydigan buvim va opoqimlarni tanisangiz kerak? Shundoq katta balnicaga ketorishdagi chiroyli uyda yashashadi. Siz u yoqlarga ko’p borasizku! Qattan bilasan deng?Yozgi tatilda buvimlarnikiga boramiz. O’shanda siz yoki, dadangiz kelishini shaharda bo’ladigan uborkadan bilsa bo’ladi. Quvasoyni yog’ tushsa yalaguday qilib qo’yishadi. Chiroyli bo’lib ketadi. Biz mazza qilib cho’miladigan fantanlarning ichigacha tozalashadi. Keyin xuddi siz tushib cho’miladigondaqa bizi xaydashadi.i. Xa mayli maqsadga o’ta qolay.
- Xullas yoshim 10 da. Ko’p qavatli uylarda yashaymiz. Liftimiz tez-tez buzilishi, oyimni sakkizinchi qavatga qiynalib chiqishi va boshqa problemalarni yozmay qo’yoray. Asosiy muammomiz futbol o’ynaydigan maydonchamizning rasvoligida. Yozda koptok tepsak, hamma 1-qavatdagilar bizga baqirishadi. Sababi shunaqa chang ko’tariladiki, asti qo’yaverasiz. Oyim ba’zan man va akamni maydonchaga tushirmaydilar. O’pkangga chang to’lib kasal bo’lasan deydilar. Lekin biz baribir qochib chiqamiz. Sababi futbol jonu dilimizda. O’zim “JAR” maydoniga ham qatnayman, haftada 4 marta Ruslan akada shug’ullanaman. Ammo bu kamda. Sizga futbol maydonchamizning suratlarini ham yuboryapman. To’gri changda olganim uchun ham rasmlar xira chiqdi. Ammo ko’rsa bo’ladi. Yaqinda oyim yangi qurilgan “Bunyodkor” stadionini ko’rsatib keldilar. To’g’ri melisalar ichkariga qo’yishmagani uchun yonidagi G’ofur G’ulom bog’idagi katta karuselga chiqib ko’rdik. Mazza ekan polega maysa ekilgan, yam-yashil. Qani bizning futbol maydonchamiz ham shunaqa bo’lsa. Biz yarim soat koptok tepsak, Uzgazoyl oldidagi avtomoyka rosa pul ishlab oladida. Nimaga desangiz, domlarda yashaydigan moshinasi borlar noiloj yuvdirishadida. Bo’lmasa chang bosganidan nomeri tugul o’zi ham ham ko’rinmay qolib, axtarib yurishadi. Katta yo’lga minib chiqishsa gaishniklarga ham bahona tayyor. Shahar ichida iflos mashinada yuribsan deb, mazza qilib pulllarini shilishadi. Oyim bechora har kuni bizi futbol kiyimimizni ko’chadan kelishimiz bilan to’g’ri vannaga kirib cho’milmasa o’tiradigan to’shaklarimiz ham chang- turpoq bo’ladi. Bir yilda qancha sovin poroshok ketadiyu… Changda to’p tepganimizdan ko’p yo’talaman. Bir men emas, o’rtoqlarim ham tez- tez kasal bo’lib turishadi. Sovin, parashokni puliga dorilarning pulini ham qo’shing. Butsa va ketalarimiz ham yuvilaverib chirib ketadi. Uyam bir harajat. Changni orqasidan kasal bo’lib,maktabga bora olmasak doktirning spravkasiga ham bir harajat. To’gri tushuning onam doctor bo’lganlari bilan bizni davolashlari mumkin ammo hozir uyda o’tirganlari uchun bizga spravka yozib bera olmaydilar.
- Mana siz Ronaldinio va boshqa chet elliklalarni olib kelib futbol o’ynatasiz. Qancha pul sarfladiz. Baribir chidamasdan qochib ketishdiku! O’zingiz o’ylang o’zbek bo’lmagandan keyin O’zbekiston uchun jon kuydirib o’ynarmidi? O’sha pullarga qancha stadionlarga maysa eksa bo’ladiku. Xa aytgancha varata ya’ni darvozamiz ham chatoq. Umuman yoq desa ham bo’ladi. Biz o’zimiz tosh bilan belgilab darvoza yasaymiz. Gohida bolalar maydonchasining qoq o’rtasiga qurilgan va atrofi temir to’siq bilan o’ralgan GAZ taqsimlash uskunasi to’sig’i darvoza vazifasini o’taydi. Hech kim indamasa ham Solihani adasi chib urishib beradi. Hayotimiz uchun xavfli ekan. Shunaqa bo’lsa, nega GAZ taqsimlovchi uskuna maydonchaning qoq o’rtasiga o’rnatilgan? Solihaning adasi bilgan narsani gazchilar bilishmaydimi? Solihaning adasi aytganidek, portlab ketganimizdan so’ng olib tashlashadimi?
Ex, gapirsam rosa gap ko’p. Afsus oldizga kirgizishmaydida. Bo’lmasa qolgan masalalarda ham muammolar ko’pidi. Xullas, shu futbol maydonchamizni zo’r qilib bering, iltimos! Butun mahallaning bolalalri nomidan iltimos qilyapman. Sizni puliz ko’pku! Vaqtingiz bo’lmasa homiylarga ayting. Sizdan hamma qo’rqadi , indamay remont qilib berishadi. Faqat shirkatga aytmang foydasi yo’q. Teshilgan tomimizni yamab bermayaptiku, futbol maydonchasi qurib berarmidi?
Siz ko’p savob ishlar qilyapsiz. Sizi rosa xurmat qilaman. Agar futbol maydonchamizni qurishga yordam bersangiz o’rtoqlarimning oldida izza bo’lib qolmayman. Chunki ular xating Gulnora opaga yetib bormaydi, hamma xatlar tepadagilarga kirishdan oldin ochib o’qiladi. Opaning kayfiyatini buzadigan xatlarni yoqvorishadi deyishdi. Man bunga ishonmiman. Ha aytgancha Quvasoydagi qishlog’imizga ham futbol maydonchasi kerak. Yozda bolalar bilan soydi ichida to’p tepamiz. Buvimlar borib xaydab olib keladilar, suv ko’proq kelsa oqizib ketishi mumkin ekan. Futbol maydonchasi bo’lmasa nima qilishimiz kerak. Lekin mol, qo’ylarni ham so’yning ichidagi o’tloqda boqilishi yomonda. Hamma joyni bulg’ab tashlashadi. Bu bola bitta xatida ikkita futbol maydonchasi so’rabdi, uyati yo’q ekan demang. Yunusobodda qurib bersangizu, qishlogda bo’lmasa vijdonim qiynaladi. Chunki u yerda ham Ibrohimjon, Sanjar, Dilmurod degan o’rtoqlarim bor. Manga o’xshab Realni hamma o’yinini ko’rishadi. Yoq adashdim , ko’risha olmaydi. Sababi Ko’prikboshida, umuman Quvasoyda tez- tez svet ochadi. Har kuni 1 -1.5 soatdan qorong’ida o’tiradi odamlar. O’shani ham bir surishtiring. Zo’r o’yinlar o’tib ketadi, svet yo’qligida.
Kelajakda mashhur futbolchi bo’lmoqchiman. Ammo buning uchun man yozgan barcha muammolar zudlik bilan hal bo’lishi kerakda!!! Xal qilib bermasangiz, qancha zo’r o’yinchisidan ayriladi O’zbekiston. Shunaqa gaplar.
Xa aytgancha Quvasoyga borsangiz buvimlarnikiga mehmonga kiring. Yozda borsangiz yanayam yahshi mazza qilib shaftoli yeysiz. Aqa-baqa o’tganda ko’rgandirsiz, shundoq yo’l yuzidagi katta bog’. Opoqimni asal arilari ham bor. Toza asal olib ketasiz. Ha aytgancha eng oxirgi iltimosim, hokimyatga kirib ayting asalarilarning yashigini yo’qot deb kelaverishmasin, Avval uzum toklarni olib tashlang deyishdi, keyin atrofni devor qil deyishdi. Endi asalarilarga navbat keldi. Mirziyoyev degan odamga yoqmagan ekan opoqimning xovlisi. Unga qanaqa xovlilar yoqishini bilmimanu, manga buvimlarniki rosa yoqadi. Sizga ham albatta yoqadi. Keling albatta mehmonga
Bo’lajak mashhur futbolist Abdurahimov Behruz.