
Samarkand viloyatida shahar va qishloqlarda qish mavsumi boshlangani hamono
svet va gaz taqchilligi vujudga keladi. Shaxar va qishloqlarda ikki kunlab, hattoki, haftalab elektr energiyasining bo’lmasligi odatiy holga aylanib bo’lgan. Viloyat hokimi esa televediniyaga chiqib olib “O’z kunlaringni o’zlaring ko’rlaring, men sanlarga arzon narxda, bir tonnasini 72.000 ( etmish ikki ming) so’mdan ko’mir tarqatganman!!!” deya lof urdi uyalmasdan. Uning gaplarini eshitgan xalq hayratdan yoqa ushladi. Chunki, hokim janoblari og’iz ko’pirtirib aytgan o’sha “suv tekin” ko’mirni na mahalla, na viloyat aholisi ko’rgan emas, faqat viloyat va tuman rahbarlariga qarashli do’konlarda o’sha arzon narxdagi ko’mirlarning kilosi 700 ( etti yuz) so’mdan sotilayotganidan xabardor, xolos. Chunki, qishning ayni qirovli kunlarida sovuqdan mo’zlab o’lmaslik ilinjida emay, ichmay, bolalarining rizqini qiyib, o’sha ko’mirni falon so’mga sotib olishga majbur bo’lishmoqda.
Xonadonlarni qo’ya turing, hatto Jomboy tuman kasalxonasida ham kun bo’yo elektr bo’lmaydi. Natijada, svet yo’qligi i og’ir bemorlarning nochor ahvolga solib qo’ymoqda.
Jonboy tuman markazidan 7 klometr uzoqlikda yuqumli kasalliklar shifoxonasi bor. Bir necha yilrdirki, u yerda na svet, na gaz bor. Mazkur shifoxonaga davolanish uchun yotuvchi bemorlar o’zlari bilan o’tin, ko’mir, chiroq olib borishlari shart. Aks holda bemorlar qabil qilinmaydi. Sariq chaqasiz, oylik maoshsiz yashayotgan aholi nima kilsin? Halqni hech kim o’ylay demaydi. Raxbarlar “Menga desa o’lib ketmaysanlarmi” deb turgan bo’lsa.
Klara JO’RAYEVA
“Birdamlik” Xalq Harakati Samarqand viloyat bo’limi rahbari



