Birdamlik Harakatining Amerika Qo’shma Shtatlari bo’limiga rahbar etib Bahtiyor Hasan saylandi va harakatining Hay’at Kengashi tomonidan nomzod o’rganib chiqildi va tasdiqlandi.
Muhokama chog’ida so’zga chiqqan faollar harakatning AQSh bo’limiga qat’iy, irodali, harakatchan va ma’suliyatli inson kerakligini va Bahtiyor Hasan aynan mos nomzodligi takidlab o’tildi.
Birdamlik Harakati faollarining aksariyati Bahtiyor Hasanning Ona Vatanimiz ravnaqi uchun ko’plab hayrli ishlarni amalga oshirishiga ishonch bildirdilar.
Undan tashqari majlisda boshqa masalalar ko’rildi va dunyo bo’ylab tobora kengayib borayotgan Birdamlik Harakatining faoliyatini yanada jonlantirish uchun qanday ishlarni amalgam oshirish kerakligi muhokama qilindi.
Birdamlik Harakati a’zolari Bahtiyor Hasanga O’zbekiston halqi erkinligi, huquqiy farovonligi va hamjihatligi qurilishi yo’lida katta yutuqlar tilab qoladi.
Birdamlik.Info 3 Noyabr, 2008



