O’zingdan chiqqan baloga…

 

Образец Web-страницы

qochqinlar.jpg
mehnat muhojirlari

Rossiyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari uchun yurtdoshlari asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu Qiynoqlarga qarshi kurash bo‘yicha tezkor guruh e’lon qilgan hisobot xulosasi. Unda o‘zbek muhojirlarining hayoti va salomatligiga xavf solayotgan boshqa xatarlar ham tahlil qilingan.

Hisobotda aytilishicha, guruh vakillari Rossiyaning turli mintaqalarida ishlab kelgan mehnat muhojirlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan.

«Qaysi bir guruh Rossiyadagi muhojirlar O’zbekiston fuqarolarining hayotiga eng katta xavf solayapti?» degan savolga Rossiya Uzoq Sharqidagi o‘zbekistonliklarning qariyb 30 foizi, Ural, Chelyabinsk, Yekaterinburgdagi 32, Moskva va Moskva atrofidagi 40 foiz so‘ralganlar «Vatandoshlar» deb javob qaytargan.

O’zbekistonlik muhojirlar orasida odam savdosi bilan shug‘ullanadiganlar va mahalliy jinoiy guruhlar bilan aloqa o‘rnatganlar ham bor. Ular asosan o‘z vatandoshlarini sotish va talash bilan shug‘ulladilar. Moskvadagi 100 o‘zbek-muhojirdan 85 nafari oylik maosh olingandan keyin deyarli yarmini o‘z vatandoshi bo‘lgan bosqinchi-zo‘ravonlarga berishga majbur ekanini ma’lum qilgan.

Oxirgi yillarda Rossiyada o‘zbek muhojirlarining o‘ldirilishi holati ham ko‘payib bormoqda. Hisobotda so‘nggi ikki yil mobaynida birgina Buxoro va Xorazm viloyatlariga rasman qayddan o‘tkazilgan 24 o‘zbekistonlikning jasadi qaytarib olib kelingani aytiladi.

O’zbekistonlik muhojirlar uchun taqirboshlar hamda mahalliy huquq idoralari ham asosiy tahdid bo‘lib qolmoqda.

http://newsuz.com/

 

 

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares