Buyuk Britaniya elchisi… Yoshlar yilidan mamnun

 

Образец Web-страницы

ien_britan_elchisi.jpg
Buyuk Britaniya elchisi Ien Kelli

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi veb-sayti ishga tushirdi. Shu munosabat bilan ingliz elchisi Ien Kelli sayt o‘quvchilariga murojaat yo‘llagan. Bu orqali uning pozitsiyasi bundan oldin shu vazifani bajargan K. Myurrey bilan yer va osmoncha farq qilishini ko‘rishi mumkin.

Buyuk Britaniya elchisi Ien Kelli murojaatida O‘zbekistonning hayratda qoldiruvchi tarixi va go‘zalligi haqida hayajon bilan yozadi. Ingliz diplomatining murojaatidan bilish mumkinki, O‘zbekistonda 2008 yilning yoshlar yili deb e’lon qilingani ham unga juda ma’qul bo‘lgan.

– Prezident Islom Karimov 2008 yilning Yoshlar yili deb e’lon qildi. Bu 14 yoshgacha bo‘lgan navqiron insonlar aholining 30 foizini, 25 gacha bo‘lgan yoshlar esa 60 foizini tashkil etgan mamlakatda o‘rinli qabul qilingan qarordir.

Albatta, ushbu iqtibos O‘zbekiston milliy axborot agentligi yoki boshqa biror rasmiy gazetadan e’lon qilingan maqolani eslatishi mumkin. Lekin oldindan aytish kerakki, bu rasmiy matbuotdan emas, yevropalik elchining murojaatidan keltirilmoqda.

Britan elchisi shundan keyin diplomatik mulozimatga o‘tadi va ana shunday yoshlar mamlakatida o‘zini qariyadek his qilayotganini yozadi. Yoshlar mavzusiga yana qaytgan elchi O‘zbekistonning yoshlarini mamlakat egalik qilayotgan oltin, kumush, gaz va boshqa resurslardan ham qimmatli manba deb talqin qiladi.

O‘zbekistonda e’lon qilingan Yoshlar yili uni oz bo‘lsa-da, yashartirmaganidan judayam qattiq taassuf bildirgan diplomat ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid bildiradi.

Darvoqe, saytning bosh sahifasida Buyuk Britaniya elchixonasining O‘zbekistondagi asosiy vazifasi haqida yozilgan matnda siyosiy va iqtisodiy sohalar qatori inson huquqlari masalasi ham e’tirof etib o‘tilgan.

Kuzatuvchilar Buyuk Britaniyaning amaldagi elchisi Ien Kellining missiyasi oldingi elchilar, masalan, Kreyg Myurreydan farq qilib ko‘proq murosaga qaratilganini aytishadi. 2002-2004 yillarda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchi bo‘lgan K. Myurreyning siyosatdonlar ham, oddiy odamlar ham yaxshi eslashadi. O‘zbekiston hukumatining inson huquqlari borasida siyosatini keskin tanqid qilgan diplomat mamlakatdagi muammolarning yuzaga kelishida ikki tomonlama standartlarga ko‘ra ish olib borayotgan G‘arbning ham aybi borligini aytgandi. Keyinroq K. Myurrey diplomatlik faoliyatidan chetlatilgan

 

http://newsuz.com/

 

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares