Cheklov qisman bekor bo‘ldi

 

Образец Web-страницы

bazor.jpg

Rossiya 26 maydan O’zbekistondan sotib olinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga joriy etilgan cheklovni qisman bekor qildi. Qishloq xo‘jaligi nazorat idorasiga ko‘ra, O’zbekiston eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini kafolatlash va muhofazalashga va’da bergan.

12 may kuni O’zbekistondan keltirilgan guruch tarkibida po‘choq kemiruvchi qo‘ng‘iz topilishi munosabati bilan o‘zbek mahsulotlari importi vaqtincha cheklab qo‘yilgandi.

Rosselxoznadzor vakiliga ko‘ra, cheklovning to‘xtalishi O’zbekistondan keltirilayotgan barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlari ham bemalol eksport qilishini anglmatmaydi.

Masalan, cheklov bekor etilgan mahsulotlar ro‘yxatida O’zbekiston iqtisodi uchun muhim sanalgan paxta tolasi yo‘q. Bu esa mamlakat iqtisodi uchun jiddiy zarar bo‘lishi mumkin. Ochiq axborot manbalariga ko‘ra, O‘zbekiston har yili o‘rtacha 3,5 mln. tonna paxta yetishtiradi va uning 40 foizini Rossiyaga sotadi. Har yili yetishtiriladigan 1-1,2 mln tonna paxta tolasining salmoqli qismi ham rus kompaniyalariga eksport qilinadi.

Shu bois ham kuzatuvchilar mazkur taqiq O’zbekiston xom ashyosiga bog‘liq bo‘lib qolgan rus korxonalari uchun ham foyda emasligi, shundan kelib chiqib Rossiya cheklovni butunlay bekor qilishga majbur bo‘lishini aytmoqdalar.

http://newsuz.com/

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares