Rustam Usmonov yoki «RUSTAMBANK»

Rustam Usmonov

Rustam Usmonov, 1948 yilda Qirg’izistonning Jalolobod shahrida mahalliy O’zbek oilasida tug’ilgan. O’zbekiston mustaqilligidan so’ng maydonga chiqqan taniqli tadbirkor va respublikadagi birinchi hususiy tijorat banki – “Rustambank” asoschisi. 1998 yilda poraho’rlik, tajovuzkorlik va noqonuniy valyuta operatsiyalarida ayblanib 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Mustaqil kuzatuvchilar fikricha, birinchi hususiy bank egasi sifatida shuhrat topgan Rustam Usmonovning muholifatdagi “Erk” partiyasi bilan aloqasi uning prezident Islom Karimov qahriga uchrashi va og’ir jazoga tortilishining asosiy sababidir. Buyuk Britaniyaning “Ozodlik” tahririyai muhbiri bilan suhbatda Rustam Usmonovning turmush o’rtog’i Ra’no Usmonova hozir Qarshidagi qamoqhonada saqlanayotgan 60 yoshli tadbirkorni 10 yillik tutkunlikdagi hayoti haqida hikoya qiladi.
Ra’no Usmonova: Ahvollari juda ham og’ir. Qon bosimi oshgan. Buning ustiga, boshqa kasalliklari ham ko’p.
Shunda ham bechora ruhini ko’tarib, 10 yil bo’lgan bo’lishiga qaramay, o’zini tutib yuribdi. Men borsam, u mening ruhimni ko’taradi. Men unimas, u meni qo’llab-quvvatlaydi. 

Ozodlik: Qamoqda qiynashlar, azob berishlar yo’q ekanmi?

Ra’no Usmonova: Yo’q. Uni hurmat qilshyapti-yu, lekin o’zi qiynalyapti.

Ozodlik: Asosan nimadan qiynalyapti?

Ra’no Usmonova: Qamoqda o’tirishning o’zi bo’lmasa kerak. O’zini juda kamtarin tutganlariga ozgina qiynalib qolyapti, shekilli.

Ozodlik: Ra’no opa, ko’pchilik eslasa kerak, mustaqillikdan keyin O’zbekiston telekanallarida “Go’ngdan Oltin Olib, Boyishni Istaysizmi?” degan reklama berilar edi. Menimcha, bu Rustam aka tadbirkor sifatida boshlagan ishining birinchisi edi. Bir eslaysizmi, o’shanda nimalar qilgan edilar?

Ra’no Usmonova: U paytda o’zlarining puli ham yo’q edi. Lekin shu paytda Krasnoyarskdan (Rossiya) biogumus olib kelib, o’zlari katta mehnat qilib, shundan dorilar qilsa bo’ladi va yahshi pomidorlarni yetishtisa bo’ladi deb reklama qilib harakat qilgan edilar.

Ozodlik: Shundan keyin Rustam aka O’zbekistonda mashhur bo’lib ketdilar va birinchi hususiy bankka asos soldilar, to’g’rimi?

Ra’no Usmonova: Ha, o’shanda birinchi bankni o’zlari ochdilar.Ishlari yurishib, bankimiz rivojlanib ketgan edi.

Ozodlik: Bugungi kudan “Rustambank”ning taqdiri nima bo’ldi?

Ra’no Usmonova: “Rustambank”ni yopishgan, lekin uning orqasidan nima bo’ldi, deb hech kim tekshirmagan. Hozir “Rustambank”ka tegishli bo’lgan imoratlar buzilib ketgan.

Ozodlik: Qo’yilgan sarmoyalarni hammasi yo’q bo’lib ketdimi?

Ra’no Usmonova: Ha, yo’q bo’lib ketdi. Hech narsa qolmadi.

Ozodlik: Rustam aka shunga ham siqilsalar kerak. Bir yahshi niyatda boshlagan ishining ohiri shunday bo’lib tursa?

Ra’no Usmonova: Albatta, siqiladi. Lekin buni shahsan menga bildirmaydilar. Juda siqiladi deb bolalar aytadi. Shu narsa bo’lishi kerak edi, deb meni ko’p ruhan qo’llaydi.

Ozodlik: 10 yildan beri amnistiyaga tushurishmayaptimi?

Ra’no Usmonova: “ Davomini Birdamlik Forumida o’qing…

Copyright © 2018 Birdamlik.Info
Shares