![]() |
|---|
Sobiq sovet davlatlari ichida inflyatsiyaning eng yuqori ko‘rsatkichi Ozarbayjon (8%) hamda Qirg‘iziston (6,1%)da qayd etilgan.
Rossiya (4,8%), Armaniston (4,8%), Moldaviya va Belorusda (4,1%), Gruziya (3,4%) kabi davlatlarda ham pul qadrsizlanishi miqdori oshgan. Markaziy Osiyo vakillari – Tojikiston (2,6%), Qozog‘iston (2,5%) esa inflyatsiya darajasi nisbatan past davlatlar qatoridan o‘rin olgan.
Bir necha kun muqaddam O‘zbekiston statistika qo‘mitasi va iqtisodiyot vazirligi mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan hisobot e’lon qildi. Respublikaning barcha iqtisodiy parametrlardagi yutuqlari tasvirlangan statistik ma’lumotnomada ham pul qadrsizlanishi to‘g‘risida axborot berilmagan.
Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonni inflyatsiya darajasi yuqori davlatlar qatoriga qo‘shishadi. Rasmiy hisoblarga ko‘ra, 2006 yili mazkur ko‘rsatkich 6,8 %ni tashkil etgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa respublikaning ayni shu davrdagi inflyatsiya darajasini 19,3% deb baholagan.




