Mirziyoev diktator Karimov ishining davomchisi

Shavkat Misziyoev

Taniqli özbek siyosatchisi, muholifatdagi «Birdamlik» Halq-demokratik harakati rahbari Bahodir Hon Turkiston bilan suhbat.

– Bahodir Hon, mana 6 oydirki, mamlakatingiz yangi rahbar boshqaruvida odimlayapti. Shu kunga qadar kadrlarni joy-joyiga qöyish ishlari bilan shuğillangan Prezident ayni choğda jiddiy islohotga kirishgan körinadi. Davlat rahbari özining barcha chiqishlarida, nutqlarida tadbirkorlarni qöllab-quvvatlash kerakligini, korrupciyaga qarshi keskin kurashish lozimligini bildirmoqda. Ammo bu borada ham halqning ikki guruhga bölingani kuzatilmoqda. Yaani, Prezident boshlagan islohotlarga ishonuvchilar va ishonmovchilar guruhi. Siz özingizni qaysi guruhga mansub deb hisoblaysiz?   

– Shahsan men  yangi  Prezident boshlagan islohotlarga  zarracha  ishonmayman. Chunki u oldingi diktator Islom Karimov izidan boryapti, undan chetga oğishgani yöq. Özbekistonda hamma narsa yuzaki bölmoqda. Mirziyoevning prezidentlik davridan katta özgarishlar kutish bu hayolparastlikdan boshqa narsa eimas. Mirziyoev Özbekistonda 2003 yildan buyon Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Hatto 2003 yillarda mamlakatda svet, gaz, ichimlik suvi bugungi kundagidek jiddiy muammo eimas eidi. Shu yillar ichida ushbu muammolarningchuqurlashishi, köplab korhonalarning bankrot bölishi, korrupciya kölamining oshishi, mamlakat aholisi faravonlik darajasining keskin tarzda yomonlashishiga shahsan Shavkat Misziyoev va u boshqargan hukumat javobgardir. 2003 yildan to 2017 yilgacha bölgan davrda Özbekiston har sohadada orqaga ketdi. Bu sharmandalik!

Mana qarang, 2003 yilda Rossiya, Qozoğiston va boshqa mamlakatlarda mardikorlik qilganözbekistonliklarning umumiy soni bir milliondan oshmas eidi. 2017 yilga kelib 6 milliondan oshiq özbekistonliklar chetga ish izlab chiqib ketdi. Hatto mana shu körsatkichning öziyoq Mirziyoev boshqargan hukumatning qanchalik özbek halqi uchun besamar bölganligini körsatadi.

– Sizningcha, davlat rahbari islohotni nimadan boshlashi kerak eidi?

– Avvalombor, mamlakatda siyosiy islohot bilan birga davlatchilikning kuchli poydevori qurilishi kerak. Afsuski, bunday poydevor hanuzgacha qurilmadi. Töğri, Özbekiston mustaqil bölgan dastlabki yillardan to 1995-yilgacha davlatchilik poydevori qurilishiga harakat qilindi. Ammo sobiq KGBchi Rustam Inoyatovning MHHga rahbar bölib kelishi ortidan davlatchilik poydevori qurilishi deyarli töhtab qoldi. Mamlakat boshqa yönalishga, yaani, davlat poydevorini qurmasdan boshqarilishga ötib ketdi. Shu tariqa, bizda hanuzgacha siyosiy islohotlar amalga oshirilmadi.

Sobiq Prezident, diktator I. Karimovning tösatdan olamdan ötishi davlat boshqaruvidagi amaldorlarni shoshiltirib qöydi. Shu sababli 27-avgustda vafot eitgan diktator I. Karimov 2-sentyabrda dafn eitildi. Mamlakat Konstituciyasi böyicha vaqtinchalik Prezident lavozimini Senat raisi eigallashi va u prezident saylovini ötkazish vaqtini belgilab, mamlakatni yangi Prezident qasamyod qabul qilib, öz lavozimiga kirishguncha boshqarib turishi kerak eidi. Afsuski, Özbekistonda Konstituciyaga rioya qilinmadi, bosh qomusimiz oyoq osti qilingan holda Senat raisi chetlashtirildi, uning örniga Shavkat Mirziyoev MHH raisi Rustam Inoyatov kömagida prezidentlik kursisini noqununiy eigallab oldi.

Shunday bölsa ham savolingizga javob berishga harakat qilaman. Men tavsiya qilayotgan isloh qilinishi zarur bölgan qadamlarni hozirgi hukumatning amalga oshirishiga ishonmayman. Takliflarim:

  1. a) Söz va matbuot eirkinligiga töliq yöl berilishi kerak;
  2. b) Inson huquqlari hurmat qilinishi, qamoqhonalardagi barcha siyosiy va diniy mahbuslar ozod eitilishi lozim;
  3. v) Adolatli qonun ustivorligini taaminlash;
  4. g) Muholifat vakillarining vatanga qaytishiga imkon berish;
  5. d) Korrupciyani yöqatish.

Hozircha shu islohotlar amalga oshirilsa, Mirziyoev hukumatini bir oz töğri yölda ketyapti, deyish mumkin.

–  Bahodir Honkeyingi paytlarda Özbekiston iqtisodida ösish eimas, tanazzul kuchliligini, mamlakatda haligacha iqtisodiy eirkinlik yöqligini bot-bot tilga olyapsiz, milliy iqtisodiyotingizni keskin tanqid qilyapsiz. Ammo, sir eimaski, oramizda fikrlaringizga qarshi chiqayotganlar, Sizni holislikka zid fikr bildirishda ayblayotganlar yöq eimas. Qarashlarda kelishmovchiliklar bölayotgan bir paytda AQShdagi Heritage Foundation markazining «Iqtisodiy eirkinlik indeksi» maalumotları eilon qilindi. Markazning habari Sizning iqtisodiyotga oid fikrlaringiz holislikdan u qadar chetlab ketmaganingizni tasdiqlaganday. Agar mazkur markaz tomonidan tarqatilgan habarni öqigan bölsangiz, unda keltirilgan raqamlarga nisbatan qanday fikrdasiz? Nahotki, Özbekistonimiz dunyo va mintaqadagi eng qoloq davlatlar qatoridan örin olgan bölsa? Sizningcha, Markazning tahlili nechoğli haqiqatga yaqin?  

– Markazning hulosalariga töliq qöshilaman. Afsuski, marhum Prezident,  diktator I. Karimov boshqargan 27 yil ichida vatanimiz  Özbekiston har sohada, har yönalishda 1989 yillardagi barcha yahshi körsatkichlarni  qöldan boy berdi. Bu borada qöshni Qozoğiztonning körsatkichlarini  oddiy misol sifatida olsak böladi.  1989- yillarda  Qozoğistondagi körsatkich Özbekistondagi körsatkichdan ancha orqada bölgan. 2017- yilga kelib Qozoğiston ushbu Heritage Foundation markazi tahlili böyicha 48-öringa kötarilib, rivojlangan davlatlar qatoridan örin egalladi.  Özbekiston eisa, aksincha, 148-öringa tushib, Afrikadagi qoloq davlatlar qatoridan örin oldi.  Bu nimadan dalolat beradi? Chunki har sohada tanazzul. Korrupciya etib bormagan soha yoki tashkilot qolmadi. Tuğruqhonadan tortib to qabrgacha bölgan inson hayotining har qadamida porahörlik, korruptciya avj olgan. Maorif, tibbiyot sohalari deyarli izdan chiqib böldi. Qishloq höjaligi orqada, köplab sanoat korhonalari bankrot bölib tugab ketdi. Pulning qadrsizlanishi har oyda röy bermoqda. Mamlakatda ishsizlik ortmoqda, gaz, svet, ichimlik suvi taaminoti, avtomobil yöllari taamiri katta muammolarga aylanib böldi. Mamlakat kuchli, har tomonlama chuqur islohotlarga muhtoj. Shuni aniq bildirishim mumkin. Mirziyoev davrida Özbekistonda kuchli iqtisodiy islohotlar amalga oshmaydi. Chunki unda kuchli siyosiy iroda etishmaydi.

– Yaqinda Fecebookdagi sahifangiz orqali Yozef Gebbelsning «Menga vijdonsiz matbuot bergin, men senga ongsiz millat beraman», degan aforizmini havola qildingiz. Haqiqatanan, matbuotda gap köp. Nima deb öylaysiz, amaldagi president özbek matbuotiga eirkinlik beradimi? Mahalliy OAV köksiga shabada tegadigan kun yaqinmi?

– Yöq, eirkinlik bermaydi. Buni hozirgi hukumatdan kutish befoyda. Sobiq Prezident, diktator I. Karimov va MHH raisi Rustam Inoyatovlar mamlakatda eirkin matbuotni jon-jahdi bilan jilovlab, uni jiddiy nazorat ostida ushlab turdi. Ularjur nalistlarni öldirdilar, qamadilar, quvğin qildilar, ğorqitib, doim tazyiq va taqibda ushlab turdilar. Aksincha “vijdonsiz matbuot”ga imkon berildi. Bugungi kunda biz Özbekistondagi “vijdonsiz matbuot” tasirida millionlab siyosiy savodsiz va ongsiz insonlar etishib chiqqaniga guvoh bölyapmiz.

– Sizningcha, chet ellarda yashayotgan muholifat vakillarining Özbekistonga qaytishiga ijozat beriladimi?

– MHHning faoliyati, ish usuli özgarmaguncha özbek muholifatining vatanga qaytishi imkonsiz bölib qolaveradi. Sababi MHHning qöli qonga böyalgan qonhörlari özlarining köplab insoniylikka hos bölmagan jinoyatlari, Moskvaparastliklari ochilib qolishidan vahimaga tushadi, shuningdek, noqonuniy yöllar orqali töplagan milliardlab dollarlarini yöqotib qöyishidan qattiq qörqishadi. Hozirgi hukumat va MHH muholifatning  vatanga  qaytishini umuman istashmaydi. Ularga siyosiy islohotlarning keragi yöq.  Ular mamlakatni qanday bölsa shunday holicha  boshqarishni  davom eittirishdan  har tomonlama  manfaatdor.

 

– Samimiy suhbatingiz uchun katta rahmat! Siyosiy va barcha faoliyatlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

http://abai.kz/post/view?id=13004

Copyright © 2018 Birdamlik.Info